Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalashtirishning kontseptual asoslari Ulug‘bek inoyatov



Yüklə 85,86 Kb.
səhifə1/3
tarix20.09.2022
ölçüsü85,86 Kb.
#63848
  1   2   3
maqola


Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalashtirishning kontseptual asoslari
Ulug‘bek INOYATOV,
pedagogika fanlari doktori, professor,
Bekzod XODJAYЕV,
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti.
Ma’lumki, 2012-yilning 17-fevralida poytaxtimizda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Anjumanda ko‘plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta’lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‘zbekiston tajribasini o‘rgandilar. Haqiqatan ham, yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta’lim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lib, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta’lim standartlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati – o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda.
Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda, o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, natijada uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo‘qoladi.
Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li – umumiy o‘rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Kompetent yondashuv – umumiy o‘rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – “Bilim – Ko‘nikma – Malaka”ni oltita birlik (sekstet) – “Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik” tarzida tahlil etilishi talab etiladi.
Dastlab “kompetensiya” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolarini bildiradi) – subyektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “kompetensiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog‘liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o‘rta ta’lim bilan bog‘liqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo‘lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud.
Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali ijodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib ketishidir.
Kompetensiyaning turlarini tasnif etishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. Masalan, N.A.Muslimov va M.B.Urazova kasbiy ta’lim nuqtai nazaridan kompetensiyalarni quyidagi turlarga ajratadi:
– maxsus kompetensiya – yetarli yuqori darajada o‘z kasbiy faoliyatini egallash, keyingi kasbiy rivojlanishini loyihalashtira olish;
– ijtimoiy kompetensiya – birgalikdagi kasbiy faoliyat, hamkorlikni egallash, o‘z mehnati natijalariga ijtimoiy javobgarlik;
– shaxsiy kompetensiya – shaxsiy mustaqillikni namoyish etish va mustaqil rivojlanish usullari, shaxsning turli muammoli vaziyatlarga qarshi turish vositalarini egallashi;
– individual kompetensiya – kasb doirasida individuallikni mustaqil qo‘llash va rivojlantirish usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy o‘sish, mustaqil o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashga tayyorlik;
– asosiy kompetensiyalar – shaxsiy va ijtimoiy moslashish va samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan shaxsning madaniyatlararo va sohalararo bilim, qobiliyat va ko‘nikmalari.
Tahliliy ma’lumotlar “kompetensiya” tushunchasining umume’tirof etilgan mohiyati va kompetensiyalarning yagona tasnifi mavjud emasligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga tahlil natijalari chet el va milliy pedagogikamizda muammoga doir yondashuvlarning umumiyligi va shaxs kompetentligining akmeologik yo‘nalganligi haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda kasbiy ta’limdan farqli ravishda “umumta’limiy kompetensiya” tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli samarali faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqelikning aniq belgilangan obyektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma’no-mazmuni) yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir. Umumta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiq. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng asosiy – fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.
Umumta’limiy kompetensiyalar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
– ijtimoiy buyurtma – o‘zida yuksak ma’naviyatli, fuqarolik pozitsiyasiga ega o‘quvchi shaxsini tarkib toptirishga qo‘yilayotgan ijtimoiy talabni to‘liq aks ettirishi;
– aksiologik – o‘quvchi tomonidan ta’limning shaxsiy ahamiyatini anglab olinishiga erishish;
– tashkiliy – bilim, ko‘nikma va malaka hamda faoliyatni tashkil etish usullarining yaxlit majmuini aks ettirish uchun atrof-muhitning real obyektlarini taqdim etishi;
– akmeologik – umumta’lim fanlari doirasida o‘quvchini voqelikning real obyektlariga munosabatini ifoda etish qobiliyati va amaliy yo‘nalganligini tarkib toptirishi;
– integrativlik – ta’lim mazmunining tayanch elementlari sifatida turli umumta’lim fanlarining mazmunida aks etishi;
– amaliyotga yo‘naltirilganlik – aniq faoliyatga yo‘naltirilgan vazifalarni hal etish uchun nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlashi;
– diagnostik – o‘quvchilarning tayyorgarlik sifati hamda shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini nazorat qilish vositalarining integral xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi (1-rasm).
Ta’lim mazmuni bilan bog‘liqlikda kompetensiyalarning uch darajasi farqlanadi:

  • yaxlit umumiy o‘rta ta’lim mazmuniga taalluqli tayanch kompetensiyalar;

  • real voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ma’lum bir fanlar guruhiga tegishli umumiy kompetensiyalar;

  • aniq bir fan doirasini qamrab oladigan va shakllantiriladigan xususiy kompetensiyalar.

Ta’lim amaliyoti bilan shug‘ullanadigan o‘qituvchilarni bir savol qiziqtirishi va o‘ylantirishi tabiiy: Kompetensiyalarning an’anaviy didaktik parametrlar bilan o‘zaro bog‘liqligi saqlanib qoladimi yoki yo‘qmi? Mazkur savolga javob topish uchun kompetensiyalarning tarkibiy tuzilishini aniqlashtirish orqali “umumta’limiy kompetensiyalar” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berish talab etiladi.
Kompetensiyalarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
– umumiy tadrijiylikka ega kompetensiyalarning turlari: (tayanch, umumiy, xususiy kompetensiyalar);
– kompetensiyalar o‘z tasdig‘ini topadigan voqelikning real obyektlari maydoni;
– kompetensiyalarning ijtimoiy-amaliy zaruriyati va ahamiyati;
– obyektga munosabatiga ko‘ra o‘quvchi tomonidan kompetensiyaning mazmun-mohiyati va shaxsiy ahamiyatining anglanganligi;
– real obyektga taalluqli axborotlarning o‘zlashtirilishi;
– ma’lum kompetensiya sohasiga doir o‘quvchining minimal zaruriy faoliyat tajribasi;
– indikatorlar – ta’lim bosqichlari (sinf)ni hisobga olgan holda o‘quvchining kompetentligini aniqlashga doir o‘quv va nazorat-baholashga doir topshiriq namunalari.
Umumta’limiy – tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalar mazmunini aniqlashtirish uchun ularni ishlab chiqishning texnologik bosqichlarini loyihalashtirishga alohida ehtiyoj seziladi. Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalashtirishning kontseptual asoslariga tayangan holda ularni aniqlashtirishning bosqichlari belgilab olindi (1-jadval).

Yüklə 85,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin