Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalashtirishning kontseptual asoslari Ulug‘bek inoyatov


-jadval Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalash texnologiyasi



Yüklə 85,86 Kb.
səhifə2/3
tarix20.09.2022
ölçüsü85,86 Kb.
#63848
1   2   3
maqola

1-jadval
Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalash texnologiyasi

Mazkur texnologiyaga asoslangan holda birinchi bosqichda tayanch umumta’limiy kompetensiyalar aniqlashtirildi:
– motivatsion-kognitiv kompetensiyalar: bilish faoliyatiga yo‘nalganlik, o‘quv-bilish faoliyatining anglanganligi, ijodiylik, nostandart vaziyatlardagi xulq-atvor, o‘quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik;
– informatsion kompetensiyalar: axborotlar ustida ishlash (axborotlar bilan tanishish, ularni tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish, axborotlarni qayta ishlash), axborot xurujlaridan himoyalanish, axborot iste’moli madaniyatini egallash;
– kommunikativ kompetensiyalar: lingvistik savodxonlik, adabiy va ilmiy uslub qoidalarini o‘zlashtirish, verbal va noverbal nutq ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, o‘zaro fikr almashish, voqelikni tahlil etishda erkin muloqotga kirishish, tarixiy va zamonaviy jarayonlarga o‘zining xolisona munosabatini bildirish, fikrni tinglash va semantik xususiyatlarini tahlil etish;
– g‘oyaviy-mafkuraviy kompetensiyalar: milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatidan xabardorlik, dunyoning mafkuraviy manzarasini anglash, g‘oyaviy immunitetga egalik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish, milliy g‘oyaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini baholash, milliy g‘oya va mafkuraning o‘zining bugungi kundagi hamda kelajak faoliyatidagi o‘rnini aniqlashtirish;
– fuqarolikka doir kompetensiyalar: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini anglash, milliy-madaniy meros, xalqning o‘tmishi, buguni va istiqbolini uyg‘unlikda tahlil etish, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etish, mahalla hayoti va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy institutlar hamda boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan loyihalarda faollik ko‘rsatish;
– ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar: jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish va amal qilish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirish va o‘z hayotiy faoliyati mezoniga aylantirish, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurasha olish, ma’naviy targ‘ibot va tashviqot ishlarida faol ishtirok etish;
– akmeologik kompetensiyalar: o‘ziga va uni o‘rab turgan atrof-muhitga ishonch, o‘z xohish-istaklari va ehtiyojlarini to‘liq tushunib yetish, bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarni va kelgusidagi ijodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash, refleksiya, identifikatsiyaga o‘zining qarashlari, e’tiqodi va uqtirilgan ma’lumotlarni o‘zgartirishga qobiliyatlilik;
– aksiologik kompetensiyalar: voqelikni aksiologik baholay olish, tabiiy va ijtimoiy hodisalarning qadr-qimmatini anglash, zavq olish, lazzatlanish, mas’uliyat hissini sezish, o‘quvchining o‘z ichki pozitsiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog‘liqlikda faoliyatga tayyorlik, hayotning turli qirralarini aks ettiradigan muammolar hamda ularning yechimlarini ifodalaydigan qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar, talab va ehtiyojlarning real jarayonlar uchun qadr-qimmatini aniqlash;
– estetik kompetensiyalar: borliqning mohiyatini go‘zallik bilan uyg‘unlashgan yuksak kechinmalar asosida o‘zlashtirish, o‘z his-tuyg‘u va ehtiroslarini boshqarish, voqea-hodisalardan hayajonlanish, quvonish, iztirob chekish, nafratlanish, badiiy-estetik reallik, uning jamiyat ma’naviyatidagi o‘ziga xos xususiyati, chegaralari, yangilanish jarayonidagi o‘rnini tushunish.
Keyingi bosqichda tayanch va xususiy kompetensiyalar o‘rtasidagi umumiylik hamda aloqadorlikni ta’minlash uchun “kompetensiyalar daraxti”ni yaratish talab etiladi. Bunda umumiy tarzdagi bilish faoliyatining real ob’ektlari hamda ko‘nikma, malaka va faoliyat usullariga tayaniladi.
Umumta’lim fanlariga doir kompetensiyalarni aniqlashtirish quyidagi komponentlarni loyihalashni talab etadi:

  1. Real voqelik obyektlari: tabiiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, fan va texnika, adabiy-tarixiy manbalar va boshqalar. O‘quv fanlariga muvofiq real narsa-buyumlar yoki hodisalar ajratib olinadi. Masalan, odobnomada odob-axloq me’yorlari – salomlashish, so‘zlashish odobi, saxiylik va kamtarlik, mehmondo‘stlik, dasturxon atrofida o‘zini tutish, kiyinish va h.k.; tarix fanida moddiy va ma’naviy manbalar hamda tarixiy voqealar – arxeologik, etnografik, lingvistik, antropologik manbalar, ilk shahar-davlatlarning paydo bo‘lishi, o‘zbek xalqining shakllanishi va h.k.; milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanida g‘oyaning turlari, manbalari, mafkura shakllari – bunyodkor va vayronkor g‘oyalar, tarixiy, madaniy meros, ma’naviy tahdid, ommaviy axborot vositalari, reklama va h.k.

  2. O‘rganilayotgan borliq haqidagi umummadaniy bilimlar: tushunchalar, atamalar, dalillar, g‘oyalar, farazlar, qoidalar, qonunlar, nazariyalar, muqobil yondashuvlar – ma’lum obyektga munosabatiga ko‘ra o‘quvchida tarkib toptiriladigan bilimlar.

  3. Umumiy hamda o‘quv-biluv ko‘nikma, malaka va faoliyat usullari. Umumiy va xususiy o‘quv ko‘nikma, malaka hamda faoliyat usullarini tizimlashtirish kompetensiyalarni aniq belgilash imkoniyatini oshiradi. Masalan, mantiqiy tafakkur elementlari (tahlil etish, umumlashtirish va h.k.) tarix fanini o‘zlashtirish jarayonida umumiy faoliyat usullari sifatida xizmat qilishi mumkin, aniq tarixiy voqelikni tahlil etish, umumlashtirish, taqqoslash va xulosa chiqarish uning xususiy kompetensiyasi tarzida belgilanishi lozim.

O‘quvchida mazkur kompetensiyaning shaxsiy ahamiyatini shakllantirishga qo‘yiladigan talablar uning mazmun-mohiyatini belgilashga xizmat qiladi. Masalan, tarixiy voqelikni mantiqiy tahlil etish o‘z navbatida “tarixiy voqelikning yuzaga kelish sabablari, omillari va oqibatlarini aniqlash va tizimlashtirish” tarzida aniq belgilash kerak.
Shunday qilib, xususiy kompetensiyalar turkumini shakllantirish kompetensiya tarkibidagi elementlarga majmuaviy yondashuvni talab etadi: a) real voqelik obyekti; b) mazkur bilish obyektiga taalluqli bilim, ko‘nikma va malaka hamda faoliyat usullarining ijtimoiy ahamiyati; v) o‘quvchida ma’lum bir kompetensiyani shakllantirishning shaxsiy ahamiyati.
Kompetent yondashuvni amaliyotga tatbiq etish umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik va alohidalilikni ajratib ko‘rsatishni talab etadi. Chunki ta’lim bosqichlari bilan bog‘liqlikda bilish faoliyati obyektlari va shakllantiriladigan kompetensiyalarning elementlari ham dialektik (oddiydan murakkablikka qarab borish) tavsifga ega bo‘lib boradi. Mazkur holatni quyidagi tarzda jadval ko‘rinishida aks ettirish mumkin (2-jadval):

Yüklə 85,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin