1. Tarbiya jarayonida udumlar va an’analarning mazmuni.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan
maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning
mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha
ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obhektiga ko‘ra
yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:
«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo
saodat – yo falokat masalasidur»
1
. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi
xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi,
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |