2. Oila tarbiyasida urf-odatlar, an'analardan foydalanish
An'analar juda murakkab, ko`p qirrali ijtimoiy hodisa bo`lib, ular ijtimoiy
hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Har bir xalqning ilo`or va qoloq
an'analari bor. Hap bir ao`ananing ilo`orligi va qoloqligi, awalo jamiyat hayotida
uning qanday rol o`ynashiga boo`liq. Ilo`or an'analar doimo xalq manfaatlari uchun
xizmat qilgan va qilib kelmoqda. Ular ma'lum tarixiy sharoitlarda vujudga kelib,
sinflar, millatlar va umuman jamiyatning ma'lum ehtiyojlarini qondirgan. Eskirib
qolgan unsur yaxshi sharoitlarda yuzaga kelgan, mazmuni jihatidan yangi bo`lgan
unsurlarga o`z o`rnini bo`shatib bergan. Shu sababli ham tarixiy taraqqiyot davomida
xalq turmushining yangi sharoiti talablariga javob beradigan ba'zi an'analar saqlanib
qoladi va xalq ommasi manfaatlariga uzoq vaqt xizmat qiladi, ayrimlari esa o`z umrini
o`tab, o`rnini jamiyat taraqqiyoti yuzaga keltirgan yangi an'analarga bo`shatib beradi.
Taraqqiyot davomida kishilarning, yangi avlodi o`zining ma'lum an'analariga
amal qilib, ularga o`z hissasini qo`shadi, ulami o`zgartiradi, yangi tarixiy sharoitda
yuzaga kelgan yangi fikr va tuyo`ular bilan boyitadi. "An'ana" tushunchasi "urf-odat"
tushunchasi
bilan
mustahkam
boo`langan.
An'ana
tushunchasi
ijtimoiy
munosabatlarning, ijtimoiy ongning barcha shakllariga taalluqli bo`lib, hajm va
mazmun jihatidan urf-odat tushun-chasidan kengroqdir. Ibtidoiy jamiyatning ilk
davrida urf-odatlar shakllangan bo`lib, bu davrda hali hech qanday doimiy tasavvurlar
vujudga kelmagan edi. Urf-odatlar jamiyatning dinsiz davrida yuzaga kelgan ijtimoiy
hodisadir. Ular kishilarning ijtimoiy mohiyati zaminida vujudga kelib, jamiyat
rivojlanishiga, kishilar ongining o`sishiga faol ta'sir ko`rsatgan. Cunki kishilar an'ana
va urf-odatlar orqali o`zlarining mehnat jarayoni, ijtimoiy xatti-harakatlarini tabiiy-
estetik shaklda ifodalaganlar. Bunday odatlarga ko`pchilik qiziqish bilan qaragan, ular
faol mehnat malakalarining o`sishiga jiddiy ta'sir etgan, kishilarda kuchli ijobiy
tuyo`ular uyo`otgan.
Urf-odatlar orqali shaxs jamoa bilan chambarchas boo`langan,
jamoaning ijtimoiy, axloqiy normalarini, ideallarini anglagan va qabul qilgan. Demak,
an'ana, urf-odatlar insonning ham hissiyo-tiga, ham tafakkuriga kuchli ta'sir eruvchi
hodisadir. Ular insonda turli kechinma va kayfiyatlar uyo`otadi.
Inson turmushidagi urf-odatlar ma'ium darajada odamning o`z -o`zini, ijtimoiy
burchini anglashga, shaxs sifatida shakllanishiga ham ijobiy ta'sir qiladi. Ular
odamlarga hayot kechirish, kurashish uchun ijtimoiy yo`l-yo`riqlar beradi. Bu
xususiyat uzoq o`tmishdagi urf-odatlardan tortib, bizning davrimizdagi urf-odatlarga
ham xosdir. Chunki fan, adabiyot, san'at sohasida urf-odatlar amal qilmaydi, mehnat
an'analari ham urf-odat sanalmaydi. Urf-odatlar oilaviy turmush munosabatlarining,
axloqiy normalarning mayda tafsilotlarida namoyon bo`ladi. Xotin -qizlar bilan
munosabatda bo`lish tartiblari, ular bilan salomlashish qoidalari, keksalarga
ko`rsatiladigan hurmat-ehtirom, mehmondorlik va mezbonlik qoidalari, dafn
marosimlariga borish, undan qaytish tartiblari va boshqalar urf-odat hisoblanadi.
An'analardan farqli o`laroq urf-odatlar kishilarning ishlab chiqarishdan tashqari
faoliyatlarini o`z ichiga oladi. Shuning uchun urf-odatlar nisbatan barqaror ijtimoiy
munosabatlar yio`indisi hisoblanib, ko`pincha jamoatchilik fikriga tayanadi. Xulosa
qilib aytganda, kishilarning mustahkam qaror topgan urf-odatlari didlari, hulq-atvor
qoidalari hamda ijtimoiy munosa-batlarning norma va prinsiplari yio`indisidir.
Maishiy hayot va oilaviy turmush urf-odat bilan chambarchas boo`langan
hodisadir. Ular kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan va
rivojlanib boradigan obyektiv hodisa bo`lib, jamiyat tarixining ilk davrida vujudga
kelgan. Har bir oilaning ichki tartibi, boshqa oilalardan ajralib turadigan o`ziga xos
xususiyatlari bo`ladi, ya'ni har bir oilada dam olish, mehnatni uyushtirish, bayramlarni
nishonlash, o`zaro munosabatlarga kirishda o`ziga xoslik bor.
Dostları ilə paylaş: |