Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti


-mavzu: O‘qish malakasining sifatlari: to‘g’ri, tеz (me`yorida), ongli va ifodali o‘qish



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə21/55
tarix21.12.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#76897
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Kafedrasi

10-mavzu: O‘qish malakasining sifatlari: to‘g’ri, tеz (me`yorida), ongli va ifodali o‘qish.
Reja:
1.Tez o’qish.
2.Ongli o’qish.
3.Ifodali o’qish.
4.O’qish turlari.

“Tez o’qish normal tezlikda o’qishdir”. (K.Qosimova)


K.D.Ushinskiy tez o’qish matnni tushunishdan ajralib qolmasligi lozimligini ta’kidlaydi. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’qishi kerak. Tez o’qish ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qishdir. Og’zaki nutq tempiga mos keladigan o’qish tempi normal tezlik hisoblanadi. O’ta tez o’qish va o’ta sekin o’qish matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar miqdori bilan belgilanadi.


Tez o’qishni ta’minlovchi yo’llar:

  1. O’qishni turli topshiriqlar asosida mashq qilish.

  2. O’qishga qiziqish uyg’otish.

  3. Rollarga bo’lib o’qitish.

Dialoglarni 2 o’quvchiga o’qitish: 1) oldin tez o’qiydigan o’quvchiga 2) keyin sekin o’qiydigan o’quvchiga;

  1. Matnni navbat bilan o’qitish.

Ko’pincha o’quvchilar tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadilar.
O’quvchilarning o’qish sur’ati bir daqiqada sinflar bo’yicha quyidagicha:
1-sinf: 1 yarim yillikda bo’g’inlab o’qiydi.

  1. yarim yillik oxirida notanish matndan 20-25 so’z.

2-sinf: 1-yarim yillikda 25-30 so’z.
2-yarim yillikda 40-50-so’z.
3-sinf: 1-yarim yillikda 50-60 so’z.
2-yarim yillikda 65-70 so’z.
4-sinf: 1-yarim yillikda 70-80 so’z.
2-yarim yillikda 80-90 so’z.
Ongli o’qish asar mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, timsollarini, badiiy vositalarini rolini tushunib o’qish ongli o’qish deyiladi. Bola asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga munosabat bildira olsa, ongli o’zlashtirgan bo’ladi.
Ongli o’qish quyidagi metodik shartlarga bog’liq:

  1. O’quvchining hayotiy tajribasiga.

  2. So’zlarning lug’aviy ma’nosini tushunishga.

  3. Gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga.

Ongli o’qish 2 xil ma’noda qo’llanadi. 1) o’qish texnikasi; 2) o’qish sifati.
Asar qurilishini tushunish ongli o’qishdir. O’quvchining ongli o’zlashtirib o’qigani uning ifodali o’qiganidan, asar yuzasidan berilgan savollarga javobidan aniqlanadi. Ongli o’qish bilan ifodali o’qish biri ikkinchisini taqozo etadi.
Ifodali o’qish. Asarni uning g’oyasiga, yozuvchining niyatiga mos ravishda, o’qish, asar jozibasini ifodalab, ravon aniq, to’g’ri o’qish ifodali o’qish deyiladi. Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy formasidir. O’qituvchi ifodali o’qish orqali asar mazmunini va emosionalligini o’quvchilarga ko’rgazmali ravishda etkazadi.
Intonasiya – urg’u, temp, ritm, to’xtam, ovozning baland-pastligining yig’indisi. Bular og’zaki nutq elementlaridir. Bu orqali qahramonlarining turli kayfiyatlari, ichki kechinmalari ifoda etiladi.
Ifodali o’qishni egallashning asosiy shartlari:

  1. Nafasni to’g’ri olish va to’g’ri sarflash.

  2. Tovushlarni aniq talaffuz qilish, burro gapirish.

  3. Adabiy talaffuz normalarini egallash.

Bular ifodali nutqqa ham taalluqli. Ifodali o’qish shartlaridan Yana biri ovozning baland-pastligi, yoqimliligi, uni o’rnida asar mazmuniga mos holda o’zgartira olishlik.
Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi:
1. Qaxramonlarning xatti-harakatini tahlil qilish, g’oyasini belgilash, badiiy vositalarning vazifasini tushunish. Demak, asar tahlili ifodali o’qishni ta’minlaydi.
2. Pauzaning, urg’uning o’rnini, nutq tempini belgilab olish.
3. O’qishni mashq qilish.
Avvalo, o’qituvchi ifodali o’qish namunasini ko’rsatish zarur. Ifodalilik ko’rgazmalilik demakdir.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin