Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchilar
|
Tayyorgar
lik bosqichi
|
1. Mavzu bo’yicha o’quv mazmunini tayyorlash.
2.Ma'ruza uchun taqdimot slaydalarini tayyorash.
3.Talabalar o’quv faoliyatini faollashtiruvchi topshiriq savollari hamda mustahkamlash uchun vazifalar tayyorlash.
|
|
1-bosqich. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
1.1. Ekran orqali yangi ma'ruza mashg`uloti mavzusi va unda ko’riladigan asosiy savollar, tayanch iboralar mohiyati bilan tanishtiradi.
1.2. Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida mashg`ulot mavzusi yuzasidan savollar beradi:
“Boshlang`ich ta'lim tizimida o’qish darslarining tutgan o’o’rni haqida nima deya olasiz?”
1.3. Berilgan javoblar umumlashtiradi va yangi mavzu mazmuni bo’yicha ma'lumotlar berishga o’tiladi.
|
Tinglaydilar, yozadilar.
Savollarga javob beradilar
Tinglaydilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(55 daqiqa)
|
2.1. Ma'ruzani boshlashdan avval talabalarda yangi mavzu bo’yicha dastlabki ma'lumotlarni tekshirish maqsadida savol bilan murojaat etadi: “Boshlang`ich sinflar o’quv rejasida o’qish darslariga necha soatdan vaqt ajratilgan? Buning sababi nima deb o’ylaysiz?
2.2. Javoblarni qabul qiladi.
2.4.Ma'ruzani ikkinchi savolini yoritishdan avval talabalarga savol beradi: “Boshlang`ich sinflardagi o’qish darslarining ta'lim –tarbiyaviy ahamiyati haqida nima deya olasiz ?
2.5. Javoblarni qabul qiladi.
2.6 O’qish darslarining ta'lim –tarbiyaviy ahamiyati”yuzasidan. Asosiy ma'lumotlar maktab darsliklari va slayd taqdimoti orqali tushuntirib beradi (ilova).
2.7. Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollarni beradi:
-Boshlang`ich sinflardagi o’qish darslarining maqsadi va predmetini aytib bering.
O’qish darslarining vazifasi nimalardan iborat ekan?
2.5. Berilgan javoblar qabul qilinadi.
|
Savollarga javob beradilar.
Tinglaydilar, yozadilar.
Savollarga javob beradilar.
Tinglaydilar,yozadilar
Savollarga javob beradilar
|
3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
3.2. Mavzuni mustahkamlash uchun talabalarga savollarga javob topib kelish topshiriqini beradi.
|
Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
|