2. lmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilining o`rni . Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma'nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe'lni o’rganish jarayonida astasekin bilib oladilar. Bu o’rinda ,,So’zning tarkibi" bo’limi katta imkoniyatga ega. o’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma'lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo'zchi kabi. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.
Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan harakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning tilni o’zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko’rsatadiki, tilga ilmiy dunyo qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog’lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o’quvchilarning so’zning tovush tomoni bilan uning leksik ma'nosi, so’zning morfemik tarkibi'bilan leksik ma'nosi, so’zning grammatik ma'nosi bilan uning ma'lum so’z turkumiga tegishliligi o’rtasidagi bog’lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog’lanish tilning fonetik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarining birbiriga ta'sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog’lanishlarning xususiy ko’rinishi hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o’quvchilarning xarakterli bog’lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. o’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o’rganish natijasida o’quvchilar nutq faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o’rganishni hayot bilan bog’lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo’lmish o’quvchilarda to’g’ri kuzatish va o’z fikrlarini og’zaki va yozma shaklda aniq bayon etish ko’nikmasini o’stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o’qituvchidan o’quvchilarda dialektik fikrlash ko’nikmasini shakllantirishga alohida e'tibor berish talab etiladi.
Dialektik tafakkur keng ma'noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog’liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig’indisi bilan rivojlanishda ko’rish ko’nikmasini ta'riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o’quvchilarda astasekin shakllana boradi va o’z navbattda, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo’lmoqda. Tilni o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o’quvchilarning o’ztari ,,topgan" yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. o’rganiiadigan grammatik va so’z yasalishiga oid, leksik tushunchalarning mavjud belgilarini aniqlash jarayonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarni o’xshash va farqli tomondan qiyoslash, shuningdek, o’rganilgan nazariy bilimlarni har xil nutqiy faoliyatga ijodiy tatbiq etish — bularning barchasi o’quvchilarda dialektik fikrlash ko’nikmasini o’stirish uchun zamin va shartsharoit yaratadi. Bunda muhim omijlardan biri o’quvchilarning aqliy faoliyatini o’qituvchi tomonidan maqsadga muvofiq boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksikuslubiy vazifalarni hal qilishning umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi.
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, histuyg’ulariga ta'sir etadi, atrofmuhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta'sir ko’rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar uchun nashr qilingan qo’llanmalar materiali mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksikuslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilmaxilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog’lanishi, matnlarning g’oyaviymavzuviy yo’naltirilganligi, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir.
Shunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi, o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviysiyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta'sir ko’rsatar ekan.
O’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quvtarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.