5
1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab
hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida
1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi"
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol,
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish
borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi.
Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya
to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining
"Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi
kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori
pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi.
Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir,
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga
o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p
asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan
oliy maqsad va vazifalarni singdirish;
ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy
nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan,
el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro
maydonda O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida
tarbiyalash;
to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak
odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash
6
ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb
masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi
islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga;
ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga;
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga;
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,
zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan,
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga
qaratilgan.
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy
tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik,
milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy
odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,
ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu
Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini
ta’minlaydi.
Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil
"Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd
etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo
miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat
katta
ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998
yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish,
7
diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori
misol bo’la oladi.
SHuningdek,
O’zbekiston Respublikasining
"Ta’lim
to’g’risida"gi
qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki
qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya
qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta,
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab
qo’yilgan.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa ta’lim
oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish
borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga
alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi
kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy,
tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning
ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish;
mamlakatimiz
fuqarolari
orasida
milliy
mafkuraviy
tarbiya
ishlarini
takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining
asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti
hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim
yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |