1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH
YO’NALISHI III KURS TALABASI
TOSHMATOVA YULDUZning
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning
hamkorligi.
Qabul qildi: BERDIYEVA H.B.
TERMIZ – 2015
2
Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning
hamkorligi.
Reja:
I.
Kirish
II.
Asosiy qism.
1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla,
maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan
faoliyati.
3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
4. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi
hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
3
KIRISH
Mavzuning dolzarblligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng
qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat
ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini
yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan
Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar,
ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir
karra tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida, «Erkin
fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng
dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z kuchi va imkoniyatlariga
tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan
yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari
bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni
tarbiyalashimiz kerak. Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning
boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi
avvalo xalq, ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng
o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji
bilan uzviy bog’liqdir», — deb ta’kidladi.
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan
sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi
ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar,
rejalar ishlab chiqildi. Birgina o’tayotgan yillarning atalishida ham buning isbotini
ko’rishimiz mumkin. 1997 yil — Inson manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi
fuqarolar manfaati himoya qilinmagan, ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat
hech qachon qudratli bo’lolmaydi. SHu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy
darajaga ko’tarildi. 1998 yil — Oila yili: xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib,
uni «Vatan ichra vatandir» deya ulug’lab kelgan. Unda ulg’aygan har bir farzand,
4
avvalo o’z oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga
tanitadi. 1999 yil — Ayollar yili: Ona xayotning boshi. SHunday ekan jamiyatda
ayollar ahvoli uning kelajakni belgilovchi asosiy omil bo’ladi. U nafaqat kelajakni
dunyoga keltiradi, balki, uning tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Ona tarbiyasi
o’rnini hech bir narsa bosolmaydi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov 1999 yil
7 dekabr — Konstitutsiya kuni bayrami tantanalarida bu 2000 yilni — Sog’lom
avlod yili, deya e’lon qildi. Bu bilan yuqorida sanab o’tilgan barcha maqsadlar,
niyatlar bir narsaga — ya’ni, buyuk kelajak barpo etishga qaratilganligi kunday
ravshan bo’ldi.
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,
o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq
etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro
xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi
uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari
o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa,
undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib
tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi
rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib
bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan
fikrlardan ma’lum bo’ladiki,
shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning
hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini
asoslaydi.
Dostları ilə paylaş: |