Termiz davlat universiteti pedagogika



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix22.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#89062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Termiz davlat universiteti pedagogika

Bo'g'in. Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun 
boshlang'ich 
sinflarda 
uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda
so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab 
etiladi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha 
bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod 
o'rgatish davridayok hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni 
topadilar, keyin so'zda nechta unli bo'lsa, uni shuncha qism 
(bo'g'in)ga 
bo'ladilar. 
1-sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga 
bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash 
mashqlari har kuni o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini 
hosil qilish 1- sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. 
O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga 
tayanadilar. O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. 
O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni avval bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi 
tovushlarning o'zaro bir- biriga ta'sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni 
ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O'quvchi shunday muhokama 
yuritadi: «Bayroq» so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi bo'g'inga bay; be, a, ye 
harflarini, ikkinchi bo'g'inga roq: yer, o, qe harflarini yozaman. O'quvchi so'zni 
bo'g'nlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga 
keltirib, bo'g'inlab aytish ko'nikmasiga ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib 
qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga 
so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish, bo'g'inlab diktovka bilan yozish (bo'g'inlab 
izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so'zni bo'g'inlarga 
bo'lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi qatorga sig'may qolgan 
qismini keyingi qatorga bo'g'inlab to'g'ri ko'chirish uchun zarur. O'quvchilar 
«So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'lga bo'g'inlab ko'chiriladi» va «Bir harfdan iborat 
bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'lga ko'chirib bo'lmaydi» degan 
asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini 1- sinfda o'rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi 


37 
qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos keladigan 
maktab, Ra'no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan 
mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni 
bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovush ng 
harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf sing-
lim, ko'ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko'-
ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak. (Bir tovushni 
ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi.) Keyingi qoida esa aka, ota, osha, 
mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada kuprok mashq bilan o'rgatish va 
mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq 
so'zlar misolida mustahkamlab boriladi. 


38 
XULOSA
Ma'lumki yozish san'ati yozuvchining fe'l atvori, bilimi va qanchalik darajada 
mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay 
darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin. Yozuvlar yuqoridagilardan 
dalolat berar ekan, demak biz o'quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o'rgatish 
orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin. 
O'quvchilar savodli yozish orqali e'tiborli, irodali, tartibli bo'lishga o'rganib 
boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo'lgan 
fazilatlardan biridir. 
O'quvchilarni yozishga o’rgatishga bag'ishlangan ushbu bitiruv malakaviy 
ishimda men ana shu masalani ko'rib chiqdim. Unda asosan o'quvchilarni yozishga 
o'rgatish masalalari, yozuv darslarida savodli yozishga o'rgatish usullari va boshqa 
masalalarga e'tibor berildi. 
Ilmiy metodik adabiyotlar. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda 
boshlang'ich ta'lim jarayoni kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni 
taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisobladim. 
Kichik yoshdagi o’quvchilarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o'zgacha 
yo'nalish, o'zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til meyorlarini singdirish 
kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, ona tili fanini o'qitishda 
pedagogik texnologiyalarning ilg'or usullariga tayanib ish ko'rmoq joiz hamda 
bolalar idrok eta oladigan topishmoqlar tizimini ishlab chiqish va qisman maxsus 
o'quv jarayoni mazmuniga kiritilish zarur. Boshlang'ich ta'limning samaradorligini 
oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakaiarini tarbiyalashdir. Bu 
1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim. 
Oquvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagilarga amal qilish orqali 
samaradorlikka erishishimiz mumkin: 

bolalar ruhiyatini chuqur o'rganib, ularning har biriga o'ziga xos 
munosabatda bo'lish; 
- dars jarayonida, darsdan keyingi mashg'ulotlarda bolaning doimo yaxshi
kayfiyatda 
bo'lishini ta'miniashga; 

oquvchilar yozish jarayonida eng ko'p yo'l qo'yayotgan xatolarga e'tibor 


39 
berish; 
- savodli yozish daqiqalarini otkazish; 
- o'quvchilarni o'z xatolari ustida ishlashga o'rgatish; 
- turli didaktik o'yinlardan foydalanib yozish malakalarini oshirish; 
Darslarga mana shu tarzda yondoshish orqali biz o'quvchilarni savodli yozishga 
o'rgatib borishimiz mumkin bo'ladi deb hisoblayman. 


40 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin