25
berilgan har qanday muammoga ko'p sonli to'g'ri yechimlar topishda yordam beradi.
Aqliy hujum muammo yechimini topishda muqobillarini aniqlashga yordam beradi.
Dars mashg'ulotlarida o'tiladigan mavzuni, turli xil tomonlarini, qirralarini, qarama-
qarshiliklarini ko'rsata olish, sinf o'quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish, o'zaro bahs-munozara yuritish, muloqotga chaqirish, munosabat
bildirib, himoya eta olish, darsning yakunida mavzuning o'quvchilar tomonidan
qanchalik qabul qilinganligi, o'zlashtirilganligini bilish, baholash maqsadida ushbu
metodni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darsning maqsadi - birgalikda
o'qitish ko'maklashuvchi uslubiy yo'llar, ya'ni o'quvchilarning jamoada o'qitish yo'li
bilan bilim olishlari to'g'risida tasavvur berishdir.
Kichik guruhlarga bo'lish metodikasi - o'qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy
yondashuv asosida turli xil usullar asosida bo'lishi mumkin. Masalan: sinf
o'quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan,
kelishmovchiliksiz, guruhlarda bo'lish maqsadida turli xil rivojlantiruvchi o'yinlar
asosida yoki masalan; 6 xil rangda, rangli qog'ozdan har xil shaklda, kichkina
hajmda, sinf o'quvchilarining jami sonini hisobga olgan holda, oldindan kesma
shakl (doira, uchburchak, to'rtburchak, beshburchak va hokazo) tayyorlab qo'yiladi.
Kesim shakli o'qituvchi mahoratiga bog'liq, har xil shaklda bo'lishi mumkin.
Tayyorlab qo'yilgan rangli kesma shakllarni o'quvchilarga tarqatiladi (bu holda har-
bir o'quvchi, ixtiyoriy ravishda o'zi xohlagan rangdagi kesma shaklini tanlab oladi).
O'quvchilar tanlab olgan kesma shakldagi ranglar asosida o'qituvchi, o'quvchilarni
osongina guruhlarga ajratib oladi. Masalan:
Oq rang 1 -guruh Yashil rang 2-guruh
Ko'k rang
3 -guruh Jigar rang 4-guruh Sariq rang 5-guruh Qizil rang 6-
guruh
Dostları ilə paylaş: