Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi



Yüklə 210,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü210,92 Kb.
#209853
1   2   3   4   5   6   7
ABDUJABBOROV ISMAT ALLAYOR O’GLI 1

dolzarbligi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezident 
Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son “Jismoniy tarbiya va 
sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida qaroriga ko‘ra jismoniy tarbiya va 
sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga 
moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni 
yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or 
xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori 
natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi 
Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 
maydagi 369-son «O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash hakida»gi qaroriga muvofiq sport turlarini va sport 
turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reestriga kiritish hamda ushbu 
reestrni yuritish tartibini belgilaydi».
1
 
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh 
avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi 
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali 
yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, 
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli 
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila 
hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi 
ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga 
1
Sh.M.Mirziyoev. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. T. “O‘zbekiston”, 2017 
y. 488 b. 



katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga 
o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli 
tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi 
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish, 
uning daromadlari va xarajatlari parametrlarini, jumladan bolalar sporti 
ob’ektlarini, xususan homiylar mablag‘laridan qurish, qayta qurish va kapital 
ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilab bergan holda 
tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilingan.

Yüklə 210,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin