11
Umumiy ma’lumot:
Prokariot organizmlarning shakli tayoqchasimon,
sharsimon,
qiyshiq, burama va hokazo ko‘rinishlarga ega. Odatda bir hujayrali tayoqchasimon
bakteriyalar (bacter — yunoncha “tayoqcha”) deb ataladi. Silindrsimon to‘g‘ri tayoqchalar
keng tarqalgan. Ular spora hosil qilmaydigan tayoqchasimonlar bo‘Iib,
chin bakteriyalar
(eubakteriya), masalan tuproqda ko‘p uchraydigan Pseudomonas avlodi vakillaridir. Spora
hosil qiluvchilarning xarakterli vakillaridan “Bacillus” avlodi batsillalaridir. Organik
moddalarga va boshqa substratlarga boy suv havzalarida kasal qo‘zg‘atuvchi spiralsimon
buralgan tayoqchalar —
vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar uchraydi. Bakteriyalar,
batsillalar, vibrionlar va spirillalar “qattiq” hujayra devoriga (po‘sti) ega va shuning uchun
ularning hujayra shakli o‘zgarmaydi, u mustahkam, rigiddir. Spiroxetalar esa ulardan farq
qilib, o‘ziga xos shakl va o‘lcham, tuzilishga va yashash muhitiga ega.
Bu organizmlar
ham bir hujayrali, ammo shakllari o‘zgaruvchan, rigid emas. Spiroxetalarning buralganlik
darajalari harakat vaqtida o‘zgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: