10
surtiladi. Shunadan keyin qoplag‘ich oyna tomchili tomoni bilan shunday ag‘darib
qo‘yiladiki, undagi tomchi buyum oynasidagi chuqurchaning o‘rtasi ustidan osilib turadi,
qoplag‘ich oynaning chetlari chuqurcha chetlariga surtilgan vazelinga yopishadi. Vazelin
surtilganligi uchun chuqurchaga havo kirmaydi va tomchi qurib qolmaydi.
Ezilgan va
osilgan tomchi preparatlari bakteriyalarning harakatini tekshirishga imkon beradi.
Preparatlar quyidagi maqsadlar uchun fiksatsiyalanadi:
1)Preparatdagi mikroorganizmlarni nobud qilish uchun,
2)Mikrobni buyum oynasiga mustaxkam yopishtirish uchun,
3)Nobud bo‘lgan bakteriyalarni tezroq bo‘yalishini ta’minlash uchun.
Preparat suyuq yoki agarli oziqa muhitida o‘stirilgan ma’lum
yoshdagi bakteriya
kulturasidan tayyorlanadi. Oziqa muhitlari tayyorlashning ko‘pdan-ko‘p retseptlari ishlab
chiqilgan bo‘lib, ulardan ishlashga eng qulay va tayyorlashga osoni pepton oziqa muhiti
deb shartli nomlangan oziqa muhitidir: 1 g litr vodoprovod suvida, pepton -10, saxaroza
yoki glukoza - 2, K
2
NRO
4
- 0,5, MgS0
4
- 0,5, NaCl - 0,5. Qattiq oziqa muhiti olish uchun
15-20 g agar-agar solinadi. Qizitib eritilgan holda bu oziqa probirkalarga quyiladi va
sterillanadi, qiyshaytiriladi va natijada “qiyshiq agar” hosil bo‘ladi.
Qiyshiq agar
yuzasiga bakteriya kulturasi ekiladi va u o‘ziga xos sharoitda o‘stiriladi va ko‘zga
ko‘ringan o‘sgan bakteriyadan preparat tayyorlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: