Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия
258
Chiqmdilarni qayta ishlash va qurílish sohasida ishlatilishi
Mintaqalami rivojlantirishda, ishlab chiqarish quwatlarini joy- lashtirishda olib borilishi lozim bo‘ladigan ishlar qatorida ekologik masalalarga ham e’tibor berilishi lozimligi belgilangan. Jumladan, qurílish materiallari va infratuzilma sohasini taraqqiyotning ustivor yo‘nalishi sifatida belgilash, qurilish sanoatini rivojlantirish, ya’ni yuqori texnologik qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishda energiya va resurs tejamkor ekologik toza qurilish materiallarini yaratishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ushbu vazifalami amalga oshirish jarayonida qurilish indus- triyasi sohasídagi loyiha-qidiruv institutlari, ilmiy-tadqiqot labo- ratoriyalari va ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan quyidagi talablarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
qurilish materiallari va buyumlari ustida olib boriladigan ilmiy izlanishlar hamda tajriba-sinovlaming xususiyatini e’tiborga olib, qurilish materiallarini fizik-mexanik va kimyoviy tarkibi, qurilish buyumlarini iqlimiy sharoiti va fizik xususiyatini aniqlash jarayonida ekologik jihatdan tozaligiga hamda atrof-muhit uchun maqbulligiga e’tibor qaratish;
yuqori texnologik qurilish materiallari va buyumlarini yangi turlarini yaratish jarayonida yer resurslarídan oqilona va samaradi foydalanish hamda takror ko‘paytirish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, tabiatni muhofaza qilish;
qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda ekologik jihatdan tozaligini belgilovchi me’yoriy bazani takomillashtirish va yaratish;
yuqori texnologik qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalami rivojlantirish va texno- logiyalami modemizatsiya qilish jarayonida insonlar hayoti va sog‘ligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlami kuzatib borish va erta oldini olish, aniqlashning samarali tizimini yaratilishini ta’minlash;
yuqori texnologik qurilish materiallari, buyumlari va kons- truksiyalarini tadbiq etish orqali energiya tejamkor binolami na-
munaviy loyihalashda yemi geologik jihatdan o‘rganish, undan foylanish va muhofaza qilish, buzilgan yerlami qayta tiklash;
qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisos- lashtirilgan korxonalar obyektlarida ekologik nazorat o‘tkazilganda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish.
259
Energiya va resurs tejamkor ekologik toza qurilish materiallarini yaratishda asosan sanoat chiqindilarîni qayta ishlash muhim hisob- lanadi. Sanoat chiqindilarini qurilishda ishlatilishi xom ashyo resurslariga bo‘lgan ehtiyojni 40% qoplashga imkon beradi. Qurilish materiallarini tayyorlashda tabiiy resurslardan ishlab chiqarish bilan taqqoslash bo‘yicha sanoat chiqindilarini qoilanilishi 10-30% xarajatlami kamaytiradi, kapital quyulmalami 35-50% gacha iqtisod qilishga erishiladi. Sanoat chiqindilarining barchasini ikkita katta guruhga ajratish mumkin. Minerai (noorganik) chiqindilar.
Organik chiqindilar.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun minerai chiqindilar eng katta ahamiyatga ega. Ulaming ulushi sanoat tarmog‘ining qazib ishlab chiqariladigan va qayta ishlanadigan barcha chiqindilari ulushining ko‘pchilik qismiga to‘g‘ri keladi. Sanoat chiqindilari asosiy texnologik jarayonlardan ajralish vaqtida uchta sinfga tasniflanishi mumkin: