O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI
QURILISH EKOLOGIYASI
FANIDAN
O’QUV USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 600 000 - Xizmatlar
Ta’lim sohasi: 630 000 - Atrof-muhit muhofazasi
Ta’lim yo’nalishi: 5630100 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Termiz – 2019
1-Mavzu. EKOLOGIYA VA UNING RIVOJLANISHI
Reja:
Ekologiyaning rivojlanish tarixi
Ekologiya va uning vazifalari
Ekologik omillar
Tayanch iboralar: Abiotik omil, antropogen, atrof-muhit, bio- geotsenoz, biosfera, biotik omil, biotsenoz, jamiyat, populyasiya, salomatlik, tabiat, ekologik me’yorlashtirish, ekologiya, ekotizim.
Ma’lumki, kundalik turmushimizda “ekologiya” so‘zi tez-tez uchraydi. Buning sababi atrof-muhit holatining o‘zimiz, ya’ni insonlar, tomonidan noqulay holatga keltirilganligida. Shuning uchun ham bu atama ko‘pincha “Jamiyat”, “Inson”, “Atrof-muhit”, “Salomatlik” kabi so‘zlar orasida tez-tez qo‘llaniladi. Zeroki “Tabiat” va “Jamiyat” o‘zaro dialektik birlikda bo‘lib, ular doimo bir- biriga ta’sir o‘tkazib keladi. Bizni o‘rab turgan barcha tabiiy ne’matlar - muzligu-qumliklar, o‘rmonu-dashtlar, tog‘u-toshlar, ha- voyu-suvlar, xullas, barchasi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini muvozanatda saqlaydi. Tabiatning biror bir yerida va jabhasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tabiiy muvozanatga ta’sir etmay qolmaydi. Bunday muvozanatni saqlab turish hayotning ekologik qonun- qoidalarini o‘rganishni talab qiladi.
Ekologik tushunchaning ildizi tarixan chuqur bo‘lib, antik davrga borib taqaladi. Hayvon va o‘simliklarining yer yuzida tarqalishi va ular hayotining tashqi muhit bilan bog‘lanishlari to‘g‘risidagi ekologik ma’lumotlar eramizdan awal yashab o‘tgan grek faylasuflari Aristotel va Teofrast Erezeyskiy tomonidan to‘p- langan. Ammo “Ekologiya” atamasi fanga kechroq kirib keldi. Uni birinchi marta nemis tabiatshunos olimi Emest Gekkel 1869-yilda chop etilgan o‘zining “Organizmlaming umumiy morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifíga ko‘ra, “Ekologiya - tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlaming organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antogonistik va noantogonistik alo-
qadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvo-
not dunyosi o‘rtasidagi munosabat-
lami ochib berishi”. U ingliz olimi
Charlz Darvinning tirik organizm-
laming evolyusion rivojlanishi to‘g‘-
risidagi ta’limotini rivojlantirib, har
qanday tirik organizm atrof tabiiy mu-
hitga moslashib, o'zining morfologik
(ichki) va morfometrik (tashqi) ko‘r-
satkichlarini o‘zgartirib borishini,
moslashmagani esa tabiiy tanlash
asosida qirilib ketishini isbotlab berdi.
Dostları ilə paylaş: |