Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Agroiqlitn resurslari. 0‘zbekiston hududining kattagina qismi cho‘l va yarim cho‘l (adir) yerlami tashkil etib, respublika hududining 60% egallaydi. 600 metr balandlikdan yuqori qismi mo'tadil iqlim zonasi deyiladi.



Yetarli issiqlik resurslari g‘o‘za va shunga o‘xshash boshqa texnik o‘simliklami o‘stirish imkonini beradi. Janubiy tumanlarda sovuq noyabr oyining ikkinchi dekadasida, ko‘pchilik tumanlarda oktyabr oyining birinchi dekadasida boshlanadi.
Samarali harorat to 'plash imkoniyatiga ko ‘ra respublika hududi uch guruhga bo linadi:

  1. Shimoliy tumanlar, bu yerlarda iqlim va samarali harorat yig‘indisi keskin o‘zgarib turadi.

  2. Janubiy tumanlar, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Buxoro va Navoiy viloyatlarining bir qismi. Bu tumanlar iqlimi bir xilda o‘zgarmaydi.

  3. Iqlimi muntazam o‘zgarib turadigan tumanlar, bularga Far- g‘ona vodiysi, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari kiradi.

Respublikada ekiladigan ekinlar uchun noqulay agroiqlim omillariga, kech bahor va erta kuzda kuzatiladigan sovuqlar, ekish paytidagi sellar, do‘llar, o‘sish davrida kuzatiladigan garmsellar, tuzli changlami olib uehadigan kuchli shamollar kiradi.
Karamlar uchun 25 °S, pomidorlar uchun 35 °S, g‘o‘za uchun 39°S, poliz ekinlari uchun 40 °S va makkajo‘xori uchun 42 °S dan ortiq harorat ulaming hosildorligini pasaytirib yuboradi. Yuqori harorat natijasida sabzavot va poliz ekinlarining 10-40%
gacha, g‘ o‘zaning esa 10-20% gacha hosili kamayib ketadi.
Sanoat chiqindilari, pestitsidlar, gerbifeidlaming tuproqda to‘p- lanishi ham ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunon- chi, oltingugurtning havodagi me’yoridan 2 barobar ortiqcha to‘p- lanishi pomidor hosilini 20% gacha, ftoridlarning yuqori kon- sentratsiyasi g‘o‘zaning 10-20% hosilini kamaytirib yuboradi. Suv resurslari. 0‘zbekistonning suv resurslariga yer usti va yer osti suvlari kiradi. Yer usti suvlariga Amudaryo, Sirdaiyo, Zaraf- shon, Qashqadaryo suvlari kirib, ulaming tog‘ qismi ko‘p tarmoqli boiib, 1 km2 ga 6,5 1/sek suv oqimi to‘g‘ri keladi. Respublikaning 70% hududini egallagan tekislik qismida suv oqimi juda kam boiib, ulaming ko‘pchiligi Orol dengizigacha yetib bormaydi. Amu- daryoda o'rtacha yillik suv miqdori 78 km3 boiib, eng ko‘p vaqti iyul-avgust oylariga va eng kam miqdori dekabr-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Har 4-5 yilda bir marta suv tanqisligi, har 6-10 yilda bir marta suv moi-koichiligi kuzatiladi.



Er osti suvlar. Ichimlik suvlarining asosiy qismini yer osti suvlari tashkil etadi. Respublika hududining geologik tuzilishi har xil boiaganligi sababli yer osti suvlarining zahiralari ham bir tekis taqsimlanmagan.


Amudaryo bo‘ylaridagi yer osti suvlarining zahirasi 8,0 km3 boiib, shundan 3,13 km3 minerallashgan suvlar (1 g/1). Sirdaiyo bo‘ylaridagi zahira suvlar miqdori 11,04 km3 boiib, shundan ko‘pchiligi, ya’ni 10,4 km3 minerallashgan suvlar (1 g/1) hisoblanadi.
Respublika hududida hammasi boiib, 19,04 km3 yer osti suvlari boiib, shundan 11,53 km3 sifatli ichimlik suvidir. Katta shaharlarda, jumladan, Toshkent shahrining suvga boigan talabini 40% yer osti suvlari hisobiga qondirilmoqda. Animo, keyingi vaqtlarda Toshkent, Farg‘ona, Zarafshon va shu kabi shaharlardagi korxonalaming hamda neft mahsulotlari, kimyoviy, tog‘ sanoati chiqindilari bilan yer osti suvlarining ifloslanishi borgan sari katta xavf tug‘dirmoqda. Sug‘oriladigan yerlarda esa yer osti suvlar sho‘rlanib, ifloslanib bormoqdaki, bunday suvlar bilan hattoki qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish ham xavfli boimoqda. Yer resurslari. Respublikamizning yer maydoni 44,5 mln. gcktarni tashkil etib, shundan 62% qishloq xo‘jaligida foyda- laniladigan yerlardir.
Hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlaming 46,8% sho‘rlangan bo‘lib, shundan 25,2 % kuchsiz, 15 % o‘rta kuchsiz va 6,6 % kuchli sho‘rlangan yerlardir. Sug‘oriladigan yerlar sifati tuproq bonitet bali bilan baholanadi (100 ball shkalasi asosida).
Qotfaqolpog‘iston Respublikasi yer bonitet ballari 41, Sirdaryo viloyati - 52, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari - 54, Buxoro va Navoiy viloyatlari - 59, Namangan va Farg‘ona viloyatlari - 64, An- dijon viloyati - 65, Samarqand va Toshkent viloyatlari - 66, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari - 68 ball bilan baholanadi. Respublika bo'yicha o'rtacha 59 ballni tashkil etadi.
0‘zbekistonda lalmikor yerlar (sug‘orilmaydigan) 800 ming gektami tashkil etib, ular asosan tog‘ oldi mintaqalarini egallaydi. Bu mintaqada yog‘inning o‘rtacha yillik miqdori 300-500 mm teng.
Respublikada 22 mln. gektar yaylovlar mavjud bo‘lib, shundan

  1. mln. gektar, ya’ni 88% suv bilan ta’minlangan. Yaylovlaming 18 mln. gektari cho‘l, 3,2 mln. gektari adir va 0,9 mln. gektari tog‘ oldi va tog‘ mintaqasiga to‘g‘ri keladi.




30


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin