Raqobat - bu turlararo va turlar ichidagi shunday munosabatki, bunda populyasiyalar (alohida tur) oziqlanish va yashash muhitining sharoitlari uchun bir-birlari bilan kurashadi. Populyasiyalar me’yor chegarasigacha o‘sganda ichki fiziologik mexanizmlar regulyasiyasi harakatga keladi: alohida turlaming o‘limi ko‘payadi, nasldorligi kamayadi, ruhiy tanglik holati (stress) paydo bo‘ladi (janjallar, kannibalizm va boshqalar).
Biz biotik va abiotik omillar to‘g‘risida gapirganimizda, ulami faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha harakat qiladi, deb tushunmaslik kerak. Teskari aloqalar ham mavjud, xususan organizmlar muhitning ekologik va abiotik omillarini ham o‘zgartirishi mumkin. Chigirt- kalar o‘simliklami yo‘q qilganda o‘sha joyning shamol rejimi, namligi, harorati va boshqa tavsiflari ham o‘zgaradi. O'simlik va boshqa organizmlaming jamoasi (ko‘pincha mikroorganizmlar) o‘zlarining yashash muhiti bo‘lgan tuproqning “yaxshilangan” shaklini tashkil qiladi. Yana shu narsa ma’lumki, shaharlar, ya’ni inson faoliyati faol namoyon bo‘lgan joylarda o‘zining alohida mikroiqlimi shakllanadi va boshqalar.
Antropogen omillar- bu inson faoliyatining shunday shakliki, ular atrof-muhitga ta’sir etib, tirik organizmlaming yashash sharoitini o‘zgartiradi yoki hayvon va o‘simliklaming ayrim tur- lariga bevosita ta’sir qiladi. Eng muhim antropogen omillardan biri muhitning ifloslanishi hisoblanadi. Antropogen omil inson va uning xo‘jalik faoliyatining tirik organizmlarga va butun tabiatga turli xil ta’sirlari majmuini tashkil etadi.
Omillar ichida ayniqsa namlikning ta’siri katta. Namlik uch xil ko‘rsatgichda bo‘ladi: mutloq namlik, eng yuqori namlik va nisbiy namlik. Mutloq namlik - bu lm3 havo tarkibidagi o‘rtacha namlik. Eng yuqori namlik - bu lm3 havoni to‘yintirish uchun sarflanadigan namlik hisoblanadi. Amalda ko‘proq nisbiy namlik tushunchasi qo‘llaniladi. Bu - mutloq namlikning eng yuqori namlikka nisbatan foiz hisobida olingan miqdoridir. Boshqacha aytganda nisbiy namlik havoning suv bug‘lari bilan to‘yinganlik darajasini belgilovchi foizli ko‘rsatkich hisoblanadi.
22
bilan ta’minlanadi. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida ekologiksistema hosil boiadi. U tirik organizmlar va ulaming yashash muhitidan tashkil topgan yagona tabiiy majmuadan iborat.
Ekotizimning barcha tarkibiy qismi (komponenti) o‘zaro ta’sirlashadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Oddiy suv havzasi ekosistemaga misol boia oladi. U o‘z tuzilmasida gidrobintlar tur- kumini, suv tarkibining fizik va kimyoviy xossalarini, tubi relefming xususiyatlarini, tuproq-loyi tarkibi va tuzilishi, suvi sirti bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi atmosfera havosi, quyosh radiatsiyasini qamrab oladi. Ekosistemalarda tirik va notirik tabiat o‘rtasida doimiy ravishda energiya va modda almashinuvi sodir boiadi.