9-rasm. Ozon pardasi. qilishda Xalqaro tashki-
lotlar tashabbusi bilan
davlatlararo deklaratsiya
va konvensiyalar ham
ishlab chiqilishi mumkin.
Davlatlararo dastlab-
ki hamkorlik shartnoma-
lari hayvonot dunyosini
qo‘riqlash va uning re-
surslaridan foydalanishni
tartibga solishdan bosh-
landi. 1875-yilda Avstro-
Vengriya va Italiya bir-
galikda qushlami muho-
faza qilish bo‘yicha deklaratsiya qabul qilishdi. 1897-yilda Rossiya,
Yaponiya va AQSh Tinch okeanida dengiz mushuklarini birgalikda
qo‘riqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida bitim tuzishdi.
Davlatlar o‘rtasida hamkorlik ayniqsa XX asming ikkinchi yarmida keskin rivojlandi. 1950-yilda Yevropa yowoyi qushlarning barcha turlarini va ular yashaydigan joylaming tabiiy muhitini muhofaza qilish bo‘yicha davlatlararo bitim imzolandi. Ma’lumki, qushlar o‘zining mavsumiy ko‘chib yurishida chegara bilmaydi - bir mamlakat hududida qishlagan ba’zi turlar yozda boshqa mamlakat hududiga borib yashaydi va ko‘payadi. Ulaming qishlov va yozlov manzillari orasidagi yo‘l bir nechta mamlakatlami kesib o‘tadi. Bahor va kuzda qushlar ana shu mamlakatlar hududi orqali harakat qiladi va u yerlarda yo‘l-yo‘lakay ovqatlanib, dam oladi. Bunday qushlarning alohida olingan bir yoki ilcki mamlakat hududida qo'riqlanishi yetarli natijani bermaydi. 1971-yilda Eronning Ramsar shahrida 61 davlat ishtirokida suv va botqoqlik qushlarini asrash bo‘yicha bitim tuzilib, unda bitimga qo‘shilgan davlatlar hududidagi 400 ta ko‘l va botqoqlik hududlarini alohida muhofaza ostiga olish belgilandi.
Ko‘pgina davlatlarda ayniqsa kamayib qolgan hayvon turlarini birgalikda qo‘riqlash to‘g‘risida bitimlar tuzilishi bunday turlami qirilib ketishdan asrash, ulaming genofondini saqlab qolishda katta
58
rol o'ynaydi. Bunday hamkorlikka 1974-yilda Rossiya, AQSh, Kanada, Daniya va Norvegiya davlatlari o‘rtasida Arktikada oq ayiqni muhofaza qilish to‘g‘risida tuzilgan bitim yaqqol misol bo‘ladi. XX asming ikkinchi yarmida insonlar tomonidan kamyob dorivor o‘simliklami yig‘ish va chetga sotish, chet ellar uchun haridorgir bo‘lgan teri, shox, tish va patlarga ega bo‘lgan hayvonlami ovlash avj oldi. Chetga sotish maqsadida ko‘p miqdorda maymunlar, sayroqi va yirtqich qushlar, shuningdek toshbaqalar va boshqa hayvonlar tutildi. Tabiiy boyliklar bilan bo‘ladigan ana shunday noqonuniy savdo-sotiqning oldini olish maqsadida 1973- yilda davlatlararo konvensiya tuzildi. Konvensiyaga ko‘ra savdoga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari har bir davlat hududida o‘sha davlatning harakatdagi qonunchiligi asosida qo‘riq- lanadi va ulami chetga noqonuniy sotish ta’qiqlanadi. Hayvonlar muhofazasi bo‘yicha tuzilgan Xalqaro bitimlaming ko‘pchiligi baliq, kit va shu singari suv hayvonlarini ovlashni tartibga solishga qaratilgan. Bu masalada hozir 70 dan ortiq shartnomalar tuzilgan. Ulaming dastlabkisi 1882-yilda Rossiya, Norvegiya, Shvetsiya, Angliya va Fransiya ishtirokida Shimoliy dengizda baliq ovini tartibga solish masalasida tuzilgan edi. Hozirgi vaqtda bunday shartnomalar dunyo akvatoriyasining katta qismini qamrab oigan. Masalan, 1957-yilda Tinch okeanida suv mushuk- larini, 1958-yilda ochiq dengizlardagi tirik organizmlami, 1959- yilda Antarktika tabiiy komplekslarini, 1966-yilda atlantika skuni- briyasini, 1969-yilda Janubiy-Sharqiy Atlantikadagi barcha turdagi suv hayvonlarini muhofaza qilish va shunga o‘xshash ko‘pgina davlatlararo shartnomalar tuzildi. Ma’lumki, suv transporti suvni ifloslovchi asosiy manba hisob- lanadi. Suvni neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishdan saqlash hozirgi zamonning jiddiy masalalaridan biridir. Chunki 100 litr suvni ifloslash uchun 1 litr neñ kifoya, holbuki ehtiyotsizlik oqibatida yoki tankerláming nazarda tutilmagan avariyalari sababli okeanlar suviga har yili millionlab tonna neft mahsulotlari qo‘shiladi. Bu borada ham davlatlar orasida tuzilgan bir qator bitimlar mavjud. 1954-yilda Londonda 20 ta davlat ishtirokida
Millatlar Tashkilotining atrof-muhit muhofazasida tutgan o‘rni
0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan dastlabki yillardan boshlab, atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina Xalqaro Konvensiyalarda ishtirok etishni boshladi. U 1993-yildan boshlab 1985-yil Venada (Avstriya) qabul qilingan “Ozon qatlamini muhofaza qilish” va 1992-yil Nyu-Yorkda (AQSh) qabul qilingan “Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida”gi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Konvensiyasida, 1995-yildan boshlab 1989-yil Ba- zelda (Shveysariya) qabul qilingan “Zararli chiqindilami bir mam- Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan, texnika va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti - YUNESKO tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi maTumotlami tarqatadi, atrof-muhit ho- latini o‘rganish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini tashviqot qiladi. 1962-yil YUNESKO ning Parijda chaqirilgan Hukumatlararo konferensiyasida biosfera resurslarini muhofaza lakat chegarasidan boshqasiga olib o'tmaslik to‘g‘risida”gi, 1992-yil Rio-de-Jayneyroda (Braziliya) qabul qilingan “Biologik xilma- xillik”, 1994-yil Parijda (Fransiya) qabul qilingan “Cho‘llanishga qarshi kurash” Konvensiyalarida qatnashib kelmoqda. Tabiiy resurslar tezkorlik bilan o‘zlashtirilib, ulardan aj- ralayotgan chiqindilar miqdori tobora ko'payayotgan hozirgi sha- roitda tabiat muhofazasi bilan dunyo miqyosida ish ko‘ruvchi tashkilotlaming mavjud bo‘lishi muhimdir. Bunday tashkilotlar ko‘pchilik bo‘lib, ulaming eng yiriklari Atrof-muhit dasturiga ixtisoslashgan tashkiloti (YUNEP), Birlashgan Millatlar Tash- kilotining fan, texnika va madaniyat masalalari bilan shug‘ul- lanuvchi tashkiloti (YUNESKO) va Tabiat va tabiiy resurslami muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (MSOP) hisoblanadi. Ulardan oldingi ikkitasi bevosita Birlashgan Millatlar Tashkilotiga te- gishlidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining ixtisoslashgan Sessiya va qo‘mitalarida tabiat muhofazasi bilan bog‘liq masalalami muhokama qilib boradi. Uning 1972-yildagi Stokgolm konfe- rensiyasida 1973-yildan boshlab Atrof-muhit dasturiga ixtisoslashgan tashkiloti (YUNEP)ni tuzish haqida qaror qabul qilindi. YUNEPning asosiy vazifasi - atrof-muhit holati hamda biosferadagi o‘zgarishlarni kuzatib borish bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Ke- niyaning Nayrobi shahrida joylashgan.
4-Mavzu: O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI Reja: 0‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari