Mintaqaviy ekologik muammolar. yeryuzasining muayyan mintaqasi o‘ziga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muommolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, tuproq eroziyasi, yaylovlaming ishdan chiqishi, o‘rmonlarda daraxtlarni kesish va boshqalar hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik muommolardan eng muhimi Orel dengizi va Orol bo‘yi ekologik muammosidir.
Bundan tashqari respublikada keskin bo‘lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolarga:
yirik hududiy-sanoat majmualari joylashgan tumanlarda (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg‘ona, Marg‘ilon, Navoiy va h.k.) tabiatni muhofaza qilish muammolari;
o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish va h.k. kiradi.
Mahalliy ekologik muammolar.Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan “chiqindi” deb nom oigan qo‘shimcha mahsulot ajralib chiqadi. Bu mahsulotlar respub- likamizning ba’zi bir hududlarida ko‘p chiqarilmoqda va natijada tabiatni ifloslab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomaligi uchun zarar keltirmoqda. Ana shunday atmosfera havosini buzadigan chiqindilarga tutun va har xil zaharli gazlar kirib, ular ko‘pincha Olmaliq, Angren, Farg‘ona, Qarshi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Chirchiq, Bekabod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport qatnovi katta bo‘lgan shaharlar havosini ifloslantirmoqda.
Havodagi ifloslanishlarning 70-80 % avtomashinalarga to‘g‘ri keladi.
Y.V.Novekov, Beknazarovlaming (1983-yil) yozishicha avto- mobillar havoga 200 dan ortiq turli aerozol zarrachalami chiqaradi. Har bir avtomobilga bir yilda 200 kg (asosan benzin) va 300 ming kg havo sarflanadi. Ana shu yoqilg'idan bitta avtomobil havoga bir yilda 700 kg uglerod oksidi, 230 kg yonmagan uglevodlar, 30 kg azot oksidi va 2-5 kg qattiq moddalar chiqaradi.
Samarqand shahrida 100 mingdan ortiq avtomobillar mavjud. Avtomobillar ko‘p yuradigan katta ko‘chalar atrofida uglerod oksidining miqdori ruxsat etilgan me’yordan (REM) 2-3 marta, azot oksidi 2-2,5 marta ortiqligi kuzatilgan.
Samarqand va Navoiy shaharlari aholisi uchun mahalliy aha- miyatga ega boigan muammolardan* yana biri Zarafshon daryosining og‘ir metallar bilan ifloslanishidir. A.Raxmatullayev va RXMamajonovlaming (1998-yil) ma’lumoüariga qaraganda bu shaharlarga yaqin Zarafshon daryosining suvi tarkibida mis va rux me’yorlaridan 1,5-20 marta, olti valentli xromning o'rtacha miqdori Navoiy shahri yaqinida 4 barobar ortiqligi, eng ko‘p miqdori 17,4 marta ko‘pligi aniqlangan.