Tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foy- dalanish masalalari 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida ham o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50-moddasida tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish fiiqarolaming burchi ekanligi, 54-moddasida mulkdoming mulkdan foydalanishi ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, 55-moddasida esa barcha tabiiy zahiralar umummilliy boylik bo‘lib, ular davlat muhofazasida ekanligi e’tirof etilgan. Uning 100-moddasida atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan. 0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng, 1992-yil 9-dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qildi. Bu qonun respub- likada tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh hujjat bo‘lib, u tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo'yicha respublikaning strategiyasini belgilab berdi va shunga muvofiq ravishda boshqa barcha qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlar unga bo‘ysundirildi. Qonunda tabiatning har bir turdagi obyektlari muhofazalanishi hamda ulardan foydalanish qoidalari belgilangan va respublika fuqarolari yashash uchun qulay atrof-muhitiga ega bo‘lish!iklari kafolatlangan. Ushbu qonun doirasida respublikada atrof-muhitni muhofaza borasida 30 dan ortiq boshqa qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilami kiritish mumkin: “Er to‘g‘risida”gi, “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar. Yuqorida keltirilgan qonunlar doirasida 0‘zbekiston Respub- likasi Hukumati tomonidan ko‘pgina qonunosti hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, bulaming barchasi yurtimizda mo‘tadil ekologik vaziyatni saqlagan holda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish me’yorlari va tartibi 0‘zbekiston Respublikasining “Ma’- muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi” hamda “Jinoyat Ko- deksi”da belgilab berilgan. Ma’muriy “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘- risidagi Kodeksi”da jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to‘latish yoki ma’lum bir huquqdan mahrum qilish jazolari ko‘rsatilgan.