Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

E.Gekkel “ekologiya” so‘ziga
ta’rif berar ekan, inson tomonidan
“tabiatni iqtisodiy tadqiq qilish” degan iboralari biz uchun alohida
ahamiyat kasb etadi (1-rasm). Chunki u tabiatni son jihatdan ifoda-
lanishi inson iqtisodiyotiga nechoqli bog‘liqligini ifoda etdi1.
Ekologiya so‘zi grekcha bo‘lib, “oifcos” - uy, yashash joyi, maskan va “logos” - fan degan ma’nolami bildiradi.
“Ekologiya” so‘zi o‘z mazmuniga ko‘ra, “uy haqidagi, o‘zining yashash joy haqidagi fan” degan ma’noni anglatadi. Yana-da umu- miyroq ma’noda ekologiya - bu organizmlaming ulami o‘rab turgan yashash muhiti bilan o‘zaro munosabati, shu bilan birga ulaming boshqa organizmlar va turkumlar bilan o‘zaro bogMiqligi (xilma- xilligi)ni o‘rganuvchi fandir.
Darhaqiqat, ekologiya tushunchasi juda keng bo‘lib, uni ken- gaytirishda, ekologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida ko‘p- gina olimlar hissa qo‘shdilar.
Ekologiya fanining tarixi tabiiy fanlaming taraqqiyot bosqichlari bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimgi yunon, olimi Aflotun (Aristotel eramizgacha bo‘lgan 384-322 yillar) dunyoning paydo bo‘lishi haqida fikr yuritib, tabiatdagi barcha mavjudot bir-biri bilan bog‘liqdir, degan. Aflotunning shogirdi Teofrast Ereziyskiy (eramizdan oldingi 378-280

5

Abu Rayhon Beruniy (973-1051-yillar) yozib qoldirgan asarlarida (uning 152 ta asari bo‘lib, shundan bizgacha 27 tasi etib kelgan) yil va fasllaming o‘zgarishi bilan bayvonlar va o‘simliklaming o‘zgarishi to‘g‘risida fikr yuritilgan (2-rasm).
Beruniy ba’zi tabiiy-ilmiy masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga harakat qiladi va shu zaylda umumiy shaklda boisa ham keyingi davrlardagi tabiatshunos olimlarga ba’zi muhim ilmiy muammolami yechishlari uchun yo‘l ko‘rsatib beradi. Xususan, Beruniy aytadiki, garchand, yerdagi o‘simlik va hayvonlaming yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan boisa-da, o‘simlik va hayvonlar cheksiz ko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Uning aytishicha birorta hayvon yoki o‘simlik turi yer yuzini butunlay qoplab olsa, boshqalaming ko‘payishiga o‘rin qolmaydi. Shuning uchun dehqonlar ekinlami o‘toq qiladilar, asa- larilar asalni bekorga yeydigan o‘z jinslarini oidiradilar. Beruniy - yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonlaming o‘zgarishiga olib keladi, deb ta’kidlaydi. Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlaming biologik xususiyatlari, ulaming tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Beruniyning bu sohadagi qarashlari asosan “Saydana”, “Mineralogiya”, “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida tahlil etilgan; o‘simlik va hayvonlaming tashqi muhit bilan aloqasi, ulaming xulq-avtori tabiat faoliyatining o'zgarishi bilan bog'liq ravishda o‘zgarishi misollar bilan tushuntirilgan. Jumladan asarda qish qattiq kelsa, qushlarning toy'dan tekisliklarga tushishi, churnolilarning uyasiga bekinib olishi vm hokazolar ko‘rsatilgan. Beruniy yer qiyofasining o‘zgarishi o’simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga, tirik organism-
laming hayoti yer tarixi bilan bog‘liq boMishi kerak, deb hisoblaydi.
Qumni kovlab, uning orasidan chig‘anoqni topish mumkin, deydi
jilloma. Buning sababi shuki, bu qumliklar qachondir okean tubi
bo'lgan, deb xulosa chiqaradi. Beruniy “Saydana” nomli asarida 1116 tur dori-darmonlami tavsiflagan. Beruniyning “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklari” va “Hindiston”degan asarlarida o‘simlik va hayvonlaming
tuzilishi hamda ulaming tashqi muhit bilan aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.


Buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiyning (782-847 yillar) “Kitob surat al-arz” asarida dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar,


ekvatorlar,tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar, o‘rmonlar va ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, boshqa tabiiy resurslar yeming asosiy boyliklari haqida ko‘pgina qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Kkologiyaga doir fikrlami buyuk davlat arbobi, shoir va Inbiatshunos olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1482-1530- yillar) ham bayon qilgan. U o‘zining “Boburnoma” degan buyuk asarida o‘simliklar va hayvonlaming o‘xshash tomonlari va farqlari haqida aniq dalillar keltiradi. Samarqand, Buxoro hududlarida o'sadigan o'simliklar (archalar, butalar, sarv daraxtlari, zaytunlar, chinorlar) va hayvonlaming ko‘pchiligi Hindistonda o‘sadigan o‘simliklar va yashaydigan hayvonlarga o'xshash ekanligini aytadi. Shu bilan birga Hindistondagi ko‘pgina hayvonlar va o‘simliklar endemik ekanligini qayd qiladi. U bir mamlakat o‘simliklarini ikkinchi mamlakat yerlariga o‘tqazib bog‘lar barpo qilgan. Jumladan Qobulga shimoldan olcha, Hindistondan banan, shakarqamish keltirib ektirgan. Keyinchalik bu o‘simliklami Buxoro va Badaxshonga ham yuborgan.
0‘rta Osiyolik buyuk allomalaming tabiat va uni asrash to‘g‘- risidagi qarashlari hozirgi kunda ham o‘ziga xos ahamiyatga ega2.
Ekologiyaning keyingi taraqqiyoti Yevropada XVIII asrda o‘z aksini topadi. Shu zamonda K.Linney va J.Byuffonlar qimmatli ekologik kuzatishlar olib borishgan. Karl Linneyning (1707—1778-yillar) ilmiy asarlarida “Tabiat sistemasi” (1735-yil), “Botanika falsafasi” (1751-yil) va “0‘simlik turlari” (1753-yil) asarlarida o‘simliklar va hayvonlaming sun’iy sistemasi yoritilgan. U tabiatda uch narsa: minerallar, o‘simliklar va hayvonot o‘zaro bog‘liqligini aytgan. Fransuz tabiatshunos olimi J. Byuffon bir turning ikkinchi turga aylanishiga tashqi muhit, iqlim harorati, ovqatlanish sifati va boshqa omillar sababchi bo‘ladi, degan.
Ekologik fikrlaming keyingi rivoji XIX asming boshlarida biogeografiya fanining vujudga kelishi bilan bogiiqdir. Bu yo‘nalishning asoschilari Aleksandr Gumboldt (1769-1859-yi liar) o‘zining “Fizionomiya” (1807-yil) - o‘simliklaraing tashqi qiyofasi (landshaft) atamalarini taklif qildi. A.Gumbold o‘simlik hayotiy shakllarining dastlabki klassifikatsiyasini tuzdi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin