Autekologiya (“autos” - yunoncha so‘z bo‘Iib, “o‘zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlaming ular yashab turgan muhit bilan o‘zaro mimosabatini, turlaming bunday muhitga ko‘proq va uzviy moslashganligini o‘rganadi.
Populyasiyalar ekologiyasi (“populyasion” - fransuzcha so‘z bo‘lib, “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzil- masi va dinamikasi, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o'zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
Sinekologiya(“sin” - yunoncha “birgalikda” degan ma’noni bildiradi) biogeotsenozning tuzilishi va xossalaruii, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro aloqasini hamda ulaming tashqi muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
Ekotizimlaming tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera(yunoncha “bios” - “hayot”, “sfera” - “shar”) haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Sayyoramizda tarkalgan organizmlar, ya’ni Yer kobig‘idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. Biosfera haqidagi ta’îimot - biosfera tarídbi, tuzilishi va energetikasi tirik organizmiar faoliyati majmui bilan belgilanadigan, ya’ni tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig'idir.
Ekologik omilíar
Yerda hayot paydo bo‘lgandan buyon tirik organizmiar tashqi muhitdagi har xil o'zgarishlar ta’singa duch keladi. Bizning ona sayyoramizda mavjud bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar hamda hayot | kechirayotgan boshqa organizmiar yoki jonzotlaming soni, serobligi va geografik taiqalishiga bevosita yoki bavosita ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omfflar deb ataladi. Muhitning barcha omíli shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular abiotik, biotik va antropogen omillardir (1-jadval).