Kislorodning atmosferadagi miqdori 120 trillion tonnaga teng. Odam organizmining 65% ni kislorod tashkil qiladi. Kislorodning paydo bo‘lishi yerda yashil o‘simliklaming paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kattayu-kichik yashil o‘simliklar, shu jumladan mik- roskopik yashil suv o‘tlari ham fotosintez jarayonida kislorod ajratib chiqaradi. Havoda kislorodning bo‘lishi nafas olish, chirish va yonish jarayonlarining zaruriy shartidir. Karbonat angidridigazining atmosferada mavjudligi ham biosfera uchun zarur omildir. Uning atmosferadagi umumiy miqdori 2300 mlrd. tonnaga teng bo‘lib, u tirik organizmlaming nafas olishi, vulqonlar otilishi va yonish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Nafas chiqa- rish jarayonida bir soatda inson o‘rtacha 20 litr karbonat angidridi chiqaradi. Ba’zi yirik hayvonlar esa nafas bilan atmosferaga soatiga 150 litrgacha karbonat angidridi ajratib chiqaradi. Blindan tashqari amerikalik mutaxassislar hisobiga ko‘ra 80 mlrd. tonna karbonat angidridi havoga okeanlar suvidan chiqadi. Karbonat angidridining me’yoriy miqdori tiriklik uchun zarurdir. Yashil o‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayonida aso- siy xom ashyo karbonat angidridi hisoblanadi. Binobarin, shu mod- dasiz fotosintez amalga oshmas, kislorod va uglevodlar hosil bolmas edi.