va unga tushunga bering? Amerika va Angliya olimlari fanlar tizimidagi tabiiy va
inson tizimlarini tushunishni qoilanishiga qanday tajribani olib kirishgan? Qurilish ekologiyasi qanday aniqlanadi?
10-Mavzu: Shaharsozlik ekologiyak talablar
Reja: Shaharsozlik faoliyatida ekologik talablar
Ekologik shahar qurilishini loyihalash
Tayanch iboralar: Barqaror rivojlanish, binolar, biologik jarayonlar, konstruksiyalar, qonun va qoidalar, qurilish muta- xassislari, qurilish ekologiyasi, materiallar, resurslar, sanoat tar- mog‘i, tabiiy atrof-muhit, texnologiyalar, ekologik monitoring, ekologik muvozanat. Ushbu hujjatlarga asosan shahar va aholi yashash punktlarini joylashtirish, loyihalash, qurilishi va qayta ta’mirlanishida tabiiy ekotizimlami harakat qilishi hamda insonlaming hayotiy faoliyati uchun o‘rab olgan atrof-muhit holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’min- laydigan kompleks chegaralarga rioya etilishi zarur.
146
Ekologik talablar (ya’ni kompleks chegaralar) mutlaqo zarurdir. Vaholanki shaharlar havo va suvning asosiy ifloslantiruvchilari hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyatida ekologik talablami quyidagi uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘rib chiqamiz: Aholi yashash punktlarini arxitekturaviy loyihalash va qurish;
Shaharlar va aholi yashash pmktlarining atrof-muhit muhofazasi sanitariyasi;
Shaharlarda yashil maydonlami yaratilishi va muhofazasi.
Aholi yashash punktlarini arxitekturaviy loyihalash va qu- rishda tabiiy atrof-muhitni tiklanishi, buzilgan maydonlami rekul- tivatsiyalash (qayta tiklash), yerlami obodonlashtirish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ekologi^ xavfsiz va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishi lozim (22-rasm). Har xil obyektlami qurilishi ostida yer maydonlarini ajratishda 0‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, 0‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Davlat yong‘in nazorati va ulaming hududiy boiinmalarining ijobiy xulosalari bo‘lishi majburiy hisoblanadi. Ta’kidlangan organlar aholi yashash punktlari maydonlarida mavjud tabiiy atrof-muhitni va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday ishlab chiqarishni joylashtirilishiga ruxsat bermaslik huquqiga ega.
147
Shaharlar va aholi yashash punktlarining atrof-muhit muho- fazasi sanitariyasi O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, 0‘zbekiston Respublikasi Sogiiqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya xizmati va ulaming hududiy boiinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Aholi yashash punktlarini arxitekturaviy loyihalash va qurishda sanitar tozaligi, chiqindilar zararsizlantirilganligi va xavfsiz joylashtirilganligi, mikroorganizmlar va tashlangan narsalar hamda tashlamalami ruxsat etilgan me’yoriga rioya etilganligi, sanitar-himoya maydonlarini yaratilganligi bo‘yicha barcha zarur boigan chora-tadbirlar qabul qilingan boiishi kerak. Misol tariqasida, turar-joy hududining rejasini loyihalashtirishda atrofdagi barcha sanoat korxonalaridan sanitar-himoya maydonlari yaratilishini ko‘zda tutadi. Ushbu o‘ziga xos sanitar uzilishlar, ekologik to‘siqlar, sanitar qoida va me’yorlar asosida shuningdek, obyektning xavflilik sinfidan bogiiqlikda 50 metrdan 1000 metrgacha boigan kenglikda o‘matiladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli moddalar sinflarga ajratiladi va shunga qarab masofa belgilanadi. Unga ko‘ra birinchi sinf masofa - 1000 metr, ikkinchi sinf masofa - 500 metr, uchinchi sinf masofa - 300 metr, to‘rtinchi sinf masofa - 100 metr, beshinchi sinf masofa - 50 metr boiadi. Agarda sanoat korxonasining quwati katta boisa, unda sanitar-himoya maydoni uch marta oshiriladi. Shaharlarda yashil maydonlarni yaratilishi va muhofazasi tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya va resurslardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qabul qilingan bir qancha qonunlarida ko‘zda tutilgan (23-rasm). Yashil maydonlar shovqinlaming darajasini, chang va gazlaming tarkibini pasaytiradi, shahar qurilishini noqulay shamollardan himoya qiladi, fitonsid26 ta’sir ko‘rsatadi, radiatsiyani yumshatadi va sh.k. Daraxt maydonlarining muhofazasi huquqiy, biologik va tashkiliy tadbirlami o‘z ichiga oladi. Xuquqiy munosabatda har qanday ekologik zarar faoliyatini amalga oshirish man etiladi, masalan, ixtiyoridagi eng muhim foydalanilayotgan daraxtlami kesish. Biologik va tashkiliy tadbirlar zararkunandalar bilan kurashishga jamlanadi va asosiysi yashil maydonlami yaratilishida yagona ekologik barqaror tizimlami shakllantiradi. Shu maqsad bilan shaharsozlik loyihalarida umumiy va chegaralangan foydalanishda yashil maydonlaming eng qulay qiyofasini, ulaming keyingi rivojlanish imkoniyatini va yashil maydonlaming tuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlami ko‘zda tutadi. Shahar maydonlari chegaralarida yashil maydonlaming muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlami ishlab ehiqishda ular uchun eng katta xavf bo‘lgan rekreatsiya yuklami, ifloslangan havoni va urbonizatsiyalashgan27atrof-muhitning kompleks ta’siri ifodalani- shini e’tiborga olish zarur.
148
Ekologik shahar qurilishini loyihalash
0‘zbekiston Respublikasining tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya va resurslardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qabul qilingan bir qancha qonunlarida shaharsozlik hujjatlarini ishlab ehiqishda tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish, barcha darajadagi loyihalashda sanitar qoidalar va ekologik xavfsizlik talablarining ta’minlanishini nazarda tutadi. Bularga quyidagilami keltirib o‘tishimiz mumkin: Joylashtirishning bosh va hududiy chizmalari;
Tumanlami joylashtirish loyihalari va chizmalari;
Shaharlami joylashtirish bosh loyihakiruva chizmalari;
Qurilish va batafsil joylashtirish loyihalari va chizmalari.
Joylashtirishning bosh va hududiy chizmalari. Aholining o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan ko‘chishidan farqli ravishda, joylashtirish - ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va maydonning ekologik sig‘imi, ishlab chiqarish kuchlarida hududiy talabni e’tiborga olingan holda aholini rejali tartibda qaytadan taqsimlanishi amalga oshiriladi. Loyihalash makro, mezo va mikro darajalarga tegishli ravishda ajratiladi. Ulaming har biridan shaharsozlik masalalari urboekologik vazifalami ishlab chiqilishi bilan chambarchas aloqada echiladi (24-rasm).