Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Tuproq deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə29/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

1.Tuproq deganda nimani tushunasiz?
2.Tuproqning tabiatdagi moddalar aylanishida qanday ahamiyati bor?
3. Tuproqda mikroorganizmlarning ko‘pligi nimani belgilaydi?
4. Tuproqning qanaqa tarkibiy qismlarini bilasiz va ularga ta’rif bering?
5. Tuproqning unumdorligini nima belgilaydi?



107


8- Mavzu: O‘ZBEKIST0N HUDUDIDAGI FOYDALI QAZILMALAR VA ULARDAN FOYDALANISH



  1. 0‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalar

  2. Mineral xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari

Tayanch iboralar: Atrof-muhit, volfram, gaz, yoqilgi-ener- getika, yer usti va yer osti boyliklari, kaliy, kumush, qurilish materiallari, ko‘mir, lignin, maydon, marganets, ma’dan, metallar, mineral xom-ashyo, neft, oltin, plavik shpat, rux, suv, temir, torf, foydali qazilmalar, fosfogips, fosfor, chiqindilar.


Foydali qazilmalar guruhiga ma’danli va ma’dansiz metallar, neft, gaz, ko‘mir, torf va yer osti suvlari kiradi. Ular insoniyat uchun yoqilg‘i va energiya manbalari hisoblanadi. Ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Agar so‘nggi 25 yil mobaynida dunyoda ko'mirga boigan talab 2 marotaba, kaliy, marganets va fosfor tuzlariga 2-3 marotaba, temirga 3 marotaba, neft va gazga 6- marotaba oshgan boisa, shu davr mobaynida aholining o‘sishi 40% ni tashkil etdi.
Hozirgi paytda dunyo miqyosida yiliga 150 mlrd. tonna mineral xom-ashyo qazib olinmoqda.
Tabiiy nurash oqibatida dengiz va okeanlarga daryolar orqali yiliga 15 mlrd. tonna tog‘ jinslari oqib qo‘shilmoqda va 3-4 mlrd. tonna tog‘ jinslari atmosfera havosiga ko‘tarilmoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yiliga 1500-2000 mlrd. tonna tog‘ jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maiumotlariga qaraganda, yiliga dunyoda 2,6 mlrd. tonna neft, 3,6 mlrd. tonna xrom ma’dani, 3-4 mlrd. tonna qo‘rg‘oshin ma’dani, 6 mlrd. tonna temir ma’dani, 7,3 mlrd. tonna mis ma’dani, 32 mlrd. tonna ko‘mir, 1,2 min. tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va platina ma’danlari, 120 min. tonna fosfatlar va 159 min. tonna tuz qazib olinmoqda. Agar qazilma boyliklardan hozirgi tezlik bilan foydalanilsa, oltin zahiralari 35 yilda, rux 36 yilda, kaliy 40 yilda, uran 47 yilda, mis 66 yilda, surma va simob zahiralari 70 yilda neft, gaz va ko‘mir zahiralari esa 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shuning uchun ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda (Yaponiya, Angliya, Germa- niya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va b.q.) xom-ashyo va yer osti boyliklarining etishmasligi tufayli ikkilamchi chiqindilami qayta ishlab, boshqa mamlakatlaming boyliklaridan foydalanmoqdalar. Hozirgi paytda olimlar yangi-yangi konlami kashf qilishga majbur bo‘lmoqdalar. Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga qara- ganda, okean tubidagi metallar konsentratsiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000-yil, marganets bilan



121

14000-yil, nikel bilan esa 70000-yil ta’minlash mumkin. Hozirgi paytda ushbu boyliklardan dunyo sanoati ehtiyojlari uchun 1% dan 20% gacha foydalanmoqdalar, xolos. Bundan tashqari, yer osti boyliklari ko‘pchilik holatlarda 1-2 turdagi metallar hisobiga qazib olinib, qolgan qismi esa atrof-muhitga chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Masalan, 100 tonna granitdan 14 kg vanadiy, 17 kg nikel, 30 kg xrom, 80 kg marganets, 0,5 tonna titan, 5 tonna rux, 8 tonna alyuminiy ajratib olish mumkin.
Isrofgarchilik, ayniqsa, neft, gaz, ko‘mir, kaliy tuzlari, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog‘ kimyoviy xom-ashyolarini qazib olishda ro‘y bermoqda. Dunyodagi neft konlaridan 50-60% neft qazib olinmoqda. Har yili 150 mlrd. tonna ma’danlar qazib olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olib, qolgan 95-98% atrof-muhitga chiqarib tashlanadi.
Qazilma boyliklami qidirib topish, ulami tashish va qayta ishlash jarayonida hosildor yerlar ko‘lami qisqaradi, o‘simliklar nobud bo‘ladi, tuproq eroziyasi tezlashadi, natijada yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Bunday yaroqsiz yerlar maydoni XXI asrga kelib 5-6 marotaba oshishi mumkin. Bir tonna ternir olish uchun 5-6 tonna ma’danlar, 1 tonna rux olish uchun 80-100 tonna ma’danlar, 1 tonna mis olish uchun esa 100-140 tonna ma’danlar ishlatiladi. Hozir yer yuzida millionlab tonna metallurgiya toshqollari, issiqlik elektr stansiyalaridan chiqqan ko‘plab chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, so‘nggi yuz yil davo- mida dunyoda 200 mlrd. tonnadan ko‘proq toshqollar, 3 mlrd. tonna kullar, 17 mlrd. tonna margimush, 1 min. tonna nikel, 1 min. Tonna
kobalt va boshqa foydali va nodir elementlar chiqindi sifatida toshqollar va kuyqumlar bilan birga chiqarib tashlangan.
O‘zbekiston azaldan yer usti va yer osti boyliklarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Respublikamizda 94 ta minerai xom-ashyo turlarining 850 ta konlari topilgan. Yoqilg‘i-energetika konlari, tog‘ ma’danlari, kimyoviy xom-ashyolar, qurilish material- lari va yer osti suv konlarining aniqlangan zahiralari asosida 370 ta neft va gaz konlari, shaxtalar, karerlar va 290 tadan ortiq yer osti chuchuk suv oluvchi inshootlar ishlab turibdi.
Ko‘kdumaloq neft gaz kondensat konining tabiiy gaz zahirasi 143,7 mlrd. m3
, neft zahirasi 54,2 min. tonna, kondensat zahirasi esa 67,4 min. tonnani tashkil etadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari yiliga mos ravishda 2,5 min. tonna va 3,5 min. tonna neftni qayta ishlash quwatiga ega. Muborak gazni qayta ishlash zavodining quvvati 24 mlrd. m3/yil boiib, 8,9 min. tonna neft (kondensat bilan birgalikda) va 55,5 mlrd. m3 tabiiy gaz qayta ishlanadi.



122



Respublikamizda uglevodorod xom-ashyolarining umumiy za­hiralari quyidagicha tashkil etadi:

  • gaz - 1828 mlrd. m3 (bashoratlar bo‘yicha 2970 mlrd. m3);

  • kondensat - 136 min. tonna (bashoratlar bo‘yicha 175 min. tonna);

  • neft - 103 min. tonna (bashoratlar bo‘yicha 145 min. tonna).

Respublikamiz miqyosida 20 dan ortiq toshko‘mir konlari
aniqlangan boiib, ulaming umumiy zahiralari 3499 min. tonna deb bashorat qilinmoqda. Ulaming sanoat ahamiyatiga molik boigan zahiralari Angren, Sharg‘un va Boysunda joylashgan. Angren tosh- ko'mir konining zahirasi 1885 min. tonnai boiib, undan yiliga ochiq holda 5 min, tonna toshko‘mir qazib olinmoqda va kelgusida 10 min. tonnaga yetkazish chora-tadbirlari •ko'rilmoqda. Sharg‘un va Boysun toshko‘mir konlarining zahiralari mos ravishda 50 min. tonnani tashkil etadi.
Farg'ona viloyatidagi Gadnauz qo‘ng‘ir ko‘mir konining zahi­rasi 30-35 min. tonna deb bashorat qilinmoqda.

  1. Mineral xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari

Oxirgi yillarda chop etilgan ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi paytda dunyodagi neft zahiralari 105
min. tonna deb baholanmoqda. Shundan Saudiya Arabistoni 25,3%, Iroq 9,9%, Birlashgan Arab Amirligi 9,6%, Quvayt 9,4%, Venesuella 5,8%, MDH 5,8% va Meksika 5,6% neft zahiralariga ega.
Olimlarimizning fikricha, respublikamizning 60% hududi neft va gaz qazib olish uchun istiqbolli hisoblanadi va xom-ashyo zahiralarining qiymati taxminan 1 trillion amerika dollariga teng deb baholanmoqda.
Oxirgi yillarda respublikamizda neft va gaz qazib chiqarish, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘ilari, mazut va neft moylari ishlab chiqarish hajmlari o‘sdi. Masalan, 1998-yilda 8,1 min. tonna neft va kondensat, 54,8 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olindi, 7,1 min. tonna neft va kondensat, 37,4 mlrd. m3 gaz qayta isjalanib, 270 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlaming umumiy bahosi 137,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ammo respublikada yaratilgan yoqilg‘i-energetikasi va mineral xom-ashyo resurslaridan imkoniyat va zaruriyat darajasida foydalanilsada, bu jabhada o‘z echimini kutayotgan muammolar ham yo‘q emas. Vujudga kelgan
Nazorat uchun savollar


  1. Yüklə 0,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin