13Koatservat tomchilari - bundan taxminan 2,7-2,9 mlrd yillar ilgari (arhey erasida) suv muhitida kechgan murakka fotokimyoviy jarayonlarda hosil bo‘lgan tiriklik belgisiga ega oqsil molekulalari bo‘lib, ular yerdagi hayotning poydevori hisoblanadi.
Qurg‘oqchilik sharoitiga moslashgan hayvonlaming suvsizlikka chidab yashay olishi ana shu endogen suvning ajralishiga asos- langan. Shuning uchun ham sahrodagi hayvonlar - tuya, yum- ronqoziq, qumsichqonlar uzoq muddat suv ichmasdan yashay oladi, Avstraliya sichqonlari esa umri davomida suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi. Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida suyuqlik muhitida kechadi. Chunonchi, qabul qilingan ozuqa mahsulotlari va kislorodning parchalanishi, ulaming to‘qimalarga yetkazib berilishi kabi murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi. Erdagi hayotning asosi yashil o‘simliklarda kechadigan foto- sintez jarayonidir (15-rasm). Bu jarayonda suv asosiy xom ashyo vazifasini bajaradi. Fotosintezda quyosh nuri ta’sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Ajralgan kislorod erkin molekula holda tabi- atga chiqariladi, vodorod esa karbonat angidridi bilan birikib, katta ichki energiya zahirasiga ega bo‘lgan organik birikmalami hosil qiladi. Shu tariqa tirik mavjudotlar uchun oziqlanish va nafas olish sharoiti yaratiladi.
89
Suvning yana bir muhim xususiyati shundaki, unda issiqlik sig‘imining yuqoriligi hisoblanadi. Suvning issiqlik sig‘imi yog'och- nikidan 2 baravar, qumnikidan 5 baravar, temimikidan 10 baravar va havonikidan 3200 baravar yuqori. Demak, 1 m3 suv bir gradusga soviganda 3200 m3 havoni bir gradusga ilitadi. 0‘zining bu xusu- siyatiga ko‘ra suv biosferada, shu jumladan inson organizmida, haroratni mo‘tadillashtirib turadi. Atmosferadagi suv bug‘lari qu- yosh radiatsiyasini filtrlab, uning haroratini 80% yutadi va bu haroratni sutkaning quyoshsiz paytlarida sarflaydi. Shu asosda kun va tunning, yoz va qishning harorati o‘rtasidagi farq kamaytiriladi. Bundan tashqari, yer yuzidagi suvliklar va ulardan ko‘tarilayotgan suv bug‘lari yerda iqlim hosil qilishi, mintaqalaming iqlimi orasida o‘zaro bog'liqlik boiishini ta’minlaydi. Suvning muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, unda fotokimyoviy jarayonlaming kechishidir. Bu jarayonlar davomida suvda turli xildagi kimyoviy elementlar hosil bo‘ladi. Tabiatda tarqalgan 107 xil kimyoviy elementning 62 tasi suvda topilgan. Bu elementlar suvda doimiy harakatda va o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shuning uchun ham aytish mumkinki,
Suv resurslari va ularning geografik joylashishi
Biosferadagi suv resurslari juda katta bo‘lib, qariyb 1,5 mlrd. km3 ga teng. Suv resurslari ikki turga bolinadi - asriy zahiralar,ya’ni abadiy muzliklar va qayta tiklanadigan zahiralar, ya’ni tabiatda aylanib turadigan suvlar. yerdagi suvning bug‘lanishi va uning yomg‘irlar sifatida qayta tushishi bir-birining o‘mini to‘ldirib turadi, ya’ni suyuq holdagi suvlar tabiiy balansda aylanib turadi. Okeanlar yuzasidan yiliga 116-124 sm qalinlikda suv bug‘lanadi va ular yuzasiga 107-114 sm qalinlikda yog‘in yog‘adi, quruqlikdan esa yiliga taxminan 47 sm qalinlikda suv bug‘lanadi va 71 sm qalinlikda yomg‘ir yog‘adi. Dengiz va okeanlarda bugianish bilan qaytib tushish o‘rtasidagi farqni daryo oqimlari tekislay boradi. Daryolardan dengiz va okeanlarga yiliga 45 ming km3 atrofïda suv quyiladi14. Yer sharida 70% suv boisa, buning atigi 3% ichimlik suviga to‘g‘ri keladi. Biroq shu 3% suvning 2% Shimoliy Qutb zonasi bilan Antraktidada joylashgan. Demak, bugungi kunda 7,4 mlrd. insonga 1% ichimlik suvi to‘g‘ri kelmoqda. Dunyoda Shvey- sariya va Avstriya davlatlari suv bilan eng yaxshi ta’minlangan davlatlar hisoblanadi. Tabiatda suvning qattiq, suyuq va gazsimon fïzik holatlarda boiishi uning biosferada keng tarqalishiga imkon beradi. Atmos- feraning yuqori qatlamlaridan tortib yeming chuqur qavatlarigacha, baland tog‘ cho‘qqilaridan chuqur dengiz va okeanlargacha hamma yerda suv muhitini uchratish mumkin. Biosferadagi suv resurslari juda katta bo‘lgani holda, ularning 96,5% dunyo okeani suvlariga to‘g‘ri keladi. Bu suvlar o‘ta sho‘rligi sababli ulardan amalda kam foydalaniladi (5-jadval15). 4-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, chuchuk suvning asosiy zahirasi tabiiy muzliklarda to‘plangan. Qutb va togTardagi muzliklar hajmi 25 min. km’’ teng. Bu zahiralardan amalda kam foydaniladi.
Nazorat uchun savollar
Tabiatda suvning ahamiyati nimadan iborat?
Suvning biosfera uchun ahamiyati nimada?
Fotosintez jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Fotokimyoviy jarayon deganda nimani tushunasiz?
Tabiatda suv zahiralari qanday taqsimlanadi?
91
7-Mavzu: TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARNING IFLOSLANISHI
Reja: Tuproqlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati