Atmosferaning gaz balansi. Atmosferaning asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan azot bilan kislorod o‘rtasidagi nisbat, asosan, o‘zgarmasdir. Lekin karbonat angidridi, ozon va suv bug‘lari miqdori mintaqaviy va davriy ravishda o‘zgarib turadi.
Azot atmosferada erkin holda bo‘lib, uning umumiy massasi 400 trillion tonnaga teng, ya’ni u havo tarkibining 3/4 qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari azot tuproqda mikroorganizmlaming faoliyati natijasida o‘simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishi jarayonida ham hosil bo‘ladi. Azot, garchi lotincha “hayotsiz” degan taijimani bersada, u aslida tiriklikning poydevori hisoblanadi, chunki u oqsil va nuklein kislotalarining asosini tashkil qiladi. Atmosferadagi erkin azot kislorodning oksidlash jarayonini tez- lashtiradi va bu bilan u biologik jarayonlaming amalga oshishida faol qatnashadi. Moddalaming biologik aylanib yurishi jarayonida bu gazning tabiiy muvozanati tiklanib turadi. Lekin keyingi yillarda kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish maqsadida atmosferadagi erkin azotdan tobora ko‘p foydalanilmokda.
Dostları ilə paylaş: |