Atmosfera - biosferaning bir qismi sifatida yeming nisbatan engil qobig‘i boiib, kosmik hudud bilan chegaradosh, atmosfera orqali modda almashuvi ro‘y beradi va kosmosdan energiya kirib keladi. Temperaturaning o‘zgarishi va balandligidan kelib chiqib, atmosfera bir necha qatlam(sfera)larga bo‘linadi (12-rasm): Troposfera - atmosferaning yer sathi bilan tutash quyi qismi (balandligi 9-17 km). Unda atmosfera gaz tarkibining 80% va barcha suv bug‘lari jamlangan. Aynan ushbu qatlamda tumanlar hamda bulutlaming turlari hosil bo‘ladi, yomg‘ir va chaqmoq faoliyati shakllanadi. Qutb va mo'tadil kengliklarda troposferaning balandligi 8-12 km, tropik mintaqalarda esa 16-18 km etib boradi. Stratosfera- atmos feraning navbatdagi troposfera ustidagi qatlami, uning quyi qatlamida harorat doimiy ravishda minus 56°S ni (20 km gacha) tashkil etadi. Stratosferaning yuqori qatlamlarida haroratning o‘sishi Ozon qatlamida ultrabinafsha nurlarining yutib qolinishi bilan izohlanadi.
Mezosfera - atmosferaning stratosfera ustidagi qatlami 80- 95 km balandlikda. Atmosferaning ushbu qatlamida girdobli harakat kuchayadi.
Termosfera -atmosferaning mezosfera ustidagi qatlami. Bu yerda harorat ultrabinafsha nurlarining qabul qilinishi tufayli oshadi.
Ekzosfera - atmosferaning eng yuqori va mayin qatlami bo‘lib, Quyosh nurlarining zararli qismlarini o‘zida ushlab qoladi.
Termosferada havoning harorati juda yuqori bo‘lib, yerdan uzoqlashgan sari harorat tobora ko‘tarilaveradi. Uning eng yuqori chegarasida kinetik harorat 1000-2000°S gacha ko‘tariladi. Holbuki, undan pastki qavat - stratosferada buning aksi bo'lib, uning yuqori chegarasida harorat 75-90°S gacha pasayadi.