Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə28/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Tuproqning suyuq qismi (tuproq eritmasi) uning harakatchan tarkibiy qismi bo‘lib, u tuproqdagi ozuqa moddalarini eritadi va suyuq holda o‘simlik ildiziga yetkazib beradi.
Tuproqning gazsimon qismi asosan kislorod va karbonat angidrididan iborat bo‘lgan tuproq havosidir. Bu havoning mavjudligi tuproqda yashovchi aerob mikroorganizmlar hamda boshqa hayvonlami hayot sharoiti bilan ta’minlovchi omildir.
Tuproqning tirik qismi, ya’ni undagi makro va mikro­organizmlar ko‘p bo‘lib, ular tuproq zarralari orasidagi bo‘shliqlarda joylashgan. Taniqli o‘zbek olimi M.V.Muhamedjonov ma’lumotiga qaraganda 1 gektar unumdor tuproqdagi mikroorganizmlar soni 3- 3,5 mlrd. bo‘lib,



105



yarim metr qalinlikdagi 1 gektar tuproqda ulaming massasi 8-12 tonnaga etadi. Yil davomida bu mikroorganizmlar avlodi 18-27 martagacha almashadi. Rus olimi V.A.Kovdaning hisoblariga ko‘ra tuproqdagi mikroorganizmlar biomassasining yillik yig‘indisi o‘sha maydondagi mavjud o‘simliklar fïtomassasiga teng. Ba’zi unumdor yerlarda esa hatto un dan 1,5-2 baravar ortiq. Qora tuproqlarda va boshqa unumdor yerlar tuprog‘ida mikro­organizmlar biomassasining yillik yig‘indisi gektariga 20-50 ton­naga etadi.
Shunday qilib, tuproqning unumdorligini ta’minlashda uning barcha tarkibiy qismlari ishtirok etadi. Shuning uchun ham haqli ravishda aytish mumkinki, tuproq o‘zining bu tarkibiy qismlari bilan birgalikda organik hayotning manbaidir va shu bilan birga uning o‘zi ham organik hayotning hosilasidir, binobarin ular bir-biri bilan doimo o'zaro ta’sirda bo‘ladi. Darhaqiqat, o'simlik tuproqdagi oziq moddalar va suvni o‘zlashtirib o‘sadi va rivojlanadi. Hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanadi, iste’mol qilingan oziq moddalar yana tuproqqa qaytadi va unda parchalanib yana o‘simlik o‘zlashtira- oladigan minerai moddalarga aylanadi. Shunday qilib, tuproq “ha­yot” deb ataluvchi zanjiming muhim halqalaridan biri bo‘lib, u tiriklik uchun zaruriy omildir.

  1. Yer resurslari va ulardan foydalanish

Sayyoraning umumiy yer jamg‘armasi 14,9 mlrd. gektar boiib, bu yer yuzining 29% tashkil qiladi. Yer janjg‘armasining bandligi 7- jadvalda keltirilgan.
Mustaqil Hamdo‘stlik Mamlakatlarida ekiladigan yerlar maydoni aholi jon boshiga 0,9 gektarni, 0‘zbekistonda esa sug‘orib eki­ladigan maydon 0,14 gektarni tashkil qiladi. Umuman olganda, tuproqning holati unga qanday ta’sir o‘tka- zilishiga bogiiqdir. Inson o'zining dehqonchilik faoliyatida tuproq- da hosil etishtiradi. Demak, tuproqda etishtirilgan organik moddalar olinadi. Ayni vaqtda tuproq o‘g‘itlanadi, almashlab ekish va boshqa agrotexnik tadbirlar qoilaniladí va shu asosda tuproq boyitilib, uning unumdorligi qayta tiklanadi. Bunday tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi, tuproqni eroziyaga uchratishi, sho‘rlanishi va bot- qoqlanishi mumkin. Tuproq eroziyasi.
Eroziya (lot. erozio - kemirish) lotincha so‘z bo‘lib, parchalanish degan ma’noni beradi. Tuproq eroziyasi — tup­roqning unumdor qatlami suv bilan yuvilib yoki shamol bilan ko‘chib ketishidir. Tuproq eroziyasini keltirib chiqaradigan omillar ikki xil bo'ladi.


106


  1. Shamol eroziyasi.

  2. Suv eroziyasi.

Bundan tashqari eroziya o‘zining kechish tezligiga ko‘ra ikki turga boiinadi.

  1. Tabiiy, ya’ni geologik eroziya - bu tuproq zarralarining tabiiy omillar ta’sirida emirilishidir. Bu turdagi eroziya juda sekin kechadi. Tabiiy eroziyaning oldini olish iloji yo‘q, lekin u deyarli zarar ham keltirmaydi, chunki bu jarayonda yo'qotilgan tuproq tabiiy ravishda tiklanib ulguradi.

  2. Sun’iy, ya’ni antropogen eroziya - bu tuproqni emiruvchi jarayon bo‘lib, u insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida kelib chiqadi. Bunday eroziya tezlashgan eroziya deb ataladi. Tez kechadigan bunday eroziya yer yuzi tuproq qatlamining ofati boiib, keyingi 100 yilda 1 mlrd. gektar maydondagi unumdor tuproqni ishdan chiqardi. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha har kuni 3 ming gektardan ziyod tuproq eroziyaga uchramokda. Tuproqning eroziyaga uchrashidan ayniqsa AQSh, Kanada, Janubiy Afrika, Avstraliya, Hindiston,


Nazorat uchun savollar

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin