Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə36/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

183

13- Mavzu: QURILISH JARAYONINING ATROF-MUHITGA TA’SIRI

  1. Qurilish jarayonidagi talablar

  2. Qurilishda xavfsizlik

  3. Qurilish jarayonining atrbf-muhitga ta’sirini kamaytirish



Tayanch iboralar:
Atmosfera havosi, bino va inshootlar, geografik joylashish, zavodlar, ishlab chiqarish korxonalari, quvur- lar, qurilish jarayoni, qurilish maydoni, qurilish materiallari, qurilish texnogenezi,
XIX asr boshlarida yer sharida 750 shahar bo‘lgan bo‘lib, 1950- yilda ularning soni 276000 dan oshib ketdi. Shaharlarda aholining yashashi 1950-yilda 30% va 2015-yilda esa 50-70% ko‘payishi kuzatilgan.
Qurilish ekologiyasida loyihalashtirish, qurilish va qurilish obyektlarini foydalanishda ekologik qarorlami ilmiy asosda amali- yotda qo‘llanilishi talab etiladi.
Qurilish - moddiy ishlab chiqarishning yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, turli maqsadlardagi bino va inshootlami qurish va qaytadan ta’mirlash, foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino va inshootlar keng ma’noda yaratuvchanlik jarayonidir.
Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar-joylar, jamoat binolari, inshootlar va boshqa obyektlar qurilish mahsulotlari hisoblanadi (27-rasm).
Dunyo bo‘ylab juda ko‘p inshootláming tabiiy sharoitini hisobga olmasdan qurilishi natij asida, bir necha falokatlaming ro‘y berishi, ayrim inshootláming esa tabiatga1 kuchli salbiy ta’siri oqibatida qator ekologik muammolarning yuzaga kelishi loyiha- laming ekologik ekspertizadan o‘tkazish shartligini belgilab berdi.
0‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asming 90-yillaridan bosh- lab, yirik inshoot va obyektlaming loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Yirik inshootlar qurilishining maydoni 250-500 gektami tashkil etadi. Transport vositalari uchun me’yor bo‘yicha bir tomonlama harakat qiladigan yo‘lning kengligi 3,5 metr, ikki tomonlama harakat qiladigan yo‘lning kengligi esa 6 metr boiishi kerak. Transport vositalari qaytadigan yoining radiusi 10 metr va boshqa katta hajmli avtomobillar uchun 12 metrdan kam boimasligi lozim.



185


Qurilish jarayonini tashkil etish talablari quyidagilardan iborat:



  • yonma-yon - qurilish jarayonida ishtirok etadigan barcha omillaming bir vaqtning o'zida bo‘lishi;

  • tejash - qurilish jarayonida kerak boimagan harakatlami va usullami qisqartirish. Masalan: ishchilar soni, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.;

  • uzluksizlik — qurilish jarayoni ishtirokchilarining vaqt bo‘yicha uzluksiz tartibda o‘z vazifasini bajarishi bilan baholanadi. Buni ta’minlashni ish unumdorligining oshishiga olib keladi;

  • rejalashtirmoq va ogohlantirmoq - bunda asosiy va qo‘shim- cha ishlami qat’iy tartibini va vaqtini belgilaydi;

  • ishchi va uning harakatlanishiga qulay holat — bu mehnat fiziologiyasi qonuniyatlariga asoslanadi;

  • ishchining bajaradigan ishiga muvofiq kelishi - bu ishchining ruhiy, malakaviy, kasbiy bilimlari bo‘yicha bajaradigan ish tabiatiga mos kelishidir. Amaliyotda kasbiga mehr qo‘yish degan ibora ishlatiladi. U ayni yuqoridagi talabdan kelib chiqib qo‘llaniladigan tushuncha;

  • mehnat tezligining eng qulayligi - bu birlik bajariladigan ishga eng kam aqliy va jismoniy energiya sarfini ishlatish bilan erishiladi, mahsulot etishtiradi va sh.k.

Qurilishga maydon tanlash bo‘yicha quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim:

  • tabiiy (topografik, geologik, iqlim) sharoit;

  • transport sharoiti;

  • ishlab chiqarish bilan asosiy va texnologik bog‘lanish;

  • qurilish uchun yaroqli yer maydoni tanlanishi;

  • qurilish maydonining baland-pastliklari, geologik va gidro- logik (grunt, sizot suvlarining mavjudligi, ehtimoliy suv bosishi, suv toshqini, yer ko‘chishlar) suv va energiya ta’minoti;

  • qurilish maydonini magistral transport yo‘llari bilan bog‘lovchi yo‘llar mavjudligi;

  • qurilishi mumkin bo‘lgan binoning rivojlanishi va istiqboli.

Qurilish maydoni uchun yer ajratish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Oldindan obyektning joylashishi va mo‘ljallangan o‘l- chamlar asosida maydon kelishish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi, bu loyiha qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.





Undan so‘ng tasdiqlangan loyiha asosida qurilish boshlanishidan oldin yer maydpnlarini ajratish to‘g‘risida yakuniy qaror rasmiylashtiriladi.
Loyihalash ishi. Loyihalash ishini%£fjarilishi ta’rifi bo‘yicha loyiha oldi va loyiha bosqichlariga boiinadi. Qurilishning loyiha oldi bosqichida moddiy resurslardan kompleks foydalanish chiz- malari, texnik iqtisodiy asoslash yoki texnik iqtisodiy hisob amalga oshiriladi. Loyiha ishlari bosqichi texnik iqtisodiy asoslash hisobini tuzish va tasdiqlagandan keyin amalga oshiriladi. Texnik iqtisodiy asoslash buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihachi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bosh loyihachi barcha tegishli (qiziquvchi) tashkilotlaming ijobiy xulosasini olishi lozim. Loyihaning qismlari aniq va tugallangan bo‘lishi kerak.
Qurilish loyihasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

  • tushuntirish yozuvi;

  • tabiiy sharoit;

  • iqtisodiy qism;

  • asosiy inshoot;

  • qurilishni tashkil etish;

  • smeta hujjatlari;

  • loyiha pasporti;

  • ishga tushiriladigan komplekslar.

Tasdiqlangan loyiha ishchi hujjatlami ishlab chiqishda obyekt- laming qurilish arxitektura qonun-qoidalari aniqlashtiriladi, quri­lishni bajarish hujjatlari kengaytiriladi. Qurilish amaliyotida va loyihalashda ko'proq na’munaviy loyihalami ishlatishga harakat qilinadi, chunki bunda loyihalash ishlarining qiymati ma’lum darajada kamayadi. Bu umumiy qurilish ishlarida taxminan 90-95 % tashkil etadi.
Loyihalashning umumiy qoidalari bo‘yicha aholi yashash joyi quyidagi funksional zonalarga bo‘linadi: sel olish, sanoat-kom- munal, tashqi transport.
Qurilishda xavfsizlik. Vaqtinchalik o‘tkazilgan elektr kabel- larining yerga ko‘milishi, buning iloji bo‘lmagan taqdirda ish joylarida 2,5 metr, ishchilar o'tadigan joylarda esa 3,5 metr va transport vositalari harakatlanadigan joylarda esa 6 metr balandlikka ko'tarilishi lozim.
Qurilish jarayonida amal qilinishi lozim boigan ba’zi xavfsizlik choralari quyidagilardan ibrat:

  • qurilish boshlanmasidan oldin maydon atrofini to'siqlar bilan ajratish;




187


188



  • qurilishdan oldin xodimlami texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib chiqish;

  • qurilish maydonini 24 soat nazorat qiladigan qorovulning boiishi;

  • qurilish xodimlarining boshini himoya qiluvchi bosh kiyimlami kiyishi;

  • qurilish jarayonida xodimlaming maxsus ust va oyoq kiyim kiyishlari;

  • montaj jarayonida maxsus belbogiami taqish;

  • muhandislik kommunikatsiya va texnika xavfsizligini ta’minlash;

  • ishchi xodimlar uchun ovqatlanish joyi (oshxona) mavjudligi va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi talablariga toiiq javob berishi;

  • ishchi xodimlaming ishdan so‘ng yuvinish xonasining, kiyim almashtirish xonasining mavjudligi va talablarga javob berishi;

  • qurilish maydonidagi avtotransport va ulaming rezina kamerali g‘ildiraklarini yuvadigan maxsus joylar boiishi;

  • qurilish maydoniga voyaga etmagan fuqarolaming va tegishli guvohnomasi bo‘lmagan begona mashinalaming kiritilmasligi hamda buning nazorat qilinishi;

  • favqulotta vaziyatlar uchun kerakli miqdordagi dori-darmon qutilarining mavjudligi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin