Maydonning ekologik sig'imi - ma’lum sharoitlarda berilgan maydonning barcha biogeotsenozlari, agrotsenozlari va urbot- senozlarining maksimal biologik unumdorligidir. Bunda ushbu maydon uchun o‘simliklar va hayvonot olamining eng qulay tarkibi hisobga olinadi.
Ushbu darajada echiladigan asosiy urboekologik vazifalar quyi- dagilardan iborat:
maydonlaming asosiy urboekologik, muxandis ekologik va funksional zonalanishi;
ko‘rib chiqilayotgan maydonlarda tabiiy atrof-muhitning muhofazasi bo‘yicha umumiy tadbirlami ishlab chiqish;
shahar atrof-muhitini (shu jumladan shaharsozlik vositalarini) sog‘lomlashtirish, oqilona funksional zonalash, transport magistral
yo‘nalishini belgilash, ko‘kalamzorlashtirish tizimini yaratilishi va sh.k. bo‘yicha kompleks tadbirlami ishlab chiqish;
joylashtirish hisobi bo‘yicha turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarida shamollashtish tizimi ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan takliflami ishlab chiqish;
maishiy xo‘jalik obyektlarini joylashtirish bo‘yicha avto- mashinalami to‘xtash joyi, shovqindan himoyalash, elektromagnit nurlarini tarqalishi va boshqa salbiy omillami e’tiborga olib takliflami ishlab chiqish;
tabiat obyektlarini muhofaza qilinishi, muhofaza va sanitar- himoya maydonlari ajratilishi e’tiborgan olingan holda tabiiy atrof- muhitni muhofaza qiladigan, muayyan gigienik tadbirlami ishlab chiqish.
Ushbu urboekologik vazifalaming asosiy maqsadi mamlakat miqyosida (yoki hududlarda) ekologik muvozanatni ta’minlanishi hisoblanadi.
Ekologik muvozanat - tabiiy atrof-muhitning asosiy tarkibiy qismlari - atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq qatlami, hayvonot va o‘simliklar olami o‘z-o‘zini boshqarishi va qayta tiklanishi ta’minlanishidir.
Joylashtirish tizimlarida quyidagilar ta’minlangan boMishi kerak:
tumanlararo energiya va moddalaming almashinuvida me’- yorga erishish hisobi bilan tabiiy tashkil etuvchilaming qayta ishlab chiqarilishi;
ishlab chiqarish va maishiy ifloslanishining o‘z-o‘zini tozalashi hamda betaraflash uchun biosferaning biologik va geokimyoviy faolligining zarurligi;
transport, muhandislik, rekreatsiya. va boshqa antropogen yuklarga landshaftning barqarorligi;
buzilmagan va kam buzilgan ekotizilh ÿerlarda biomassa mu- vozanatining barqarorligi.
Mamlakatning alohida hududlarini urboekologik baholashda noqulay ekologik omillar, ya’ni yuqori seysmiklik, iqlim sharoi- tining qattiqligi, botqoqlik va boshqalar hisobga olinishi majburligi bilan amalga oshiriladi. Tabiiy atrof-muhit va shahami joylashtirish loyihalari o'rtasida aniqlangan qarama-qarshilik asosida maydon- yashil maydonlar tizimini shakllanishi, landshaftning yax- shilanishi va saqlanishi, hayvonot olamining muhofazasi;
muhandislik ekologik zonalash;
tabiiy atrof-muhitni ekologik muhofazalash bo‘yicha tad- birlaming samaradorligi.
Shaharlarni joylashtirish bosh loyihalari va chizmalari.
Ushbu darajada urboekologik vazifalar tabiiy atrof-muhitning holati samarali rejalashtirish vositalarining baholanishi va tanlanishi yo‘li bilan echiladi. Uzoq istiqbolli va loyihaviy echimlami amalga oshi- rishdan so‘ng, tabiiy atrof-muhitning kutiladigan holatini kompleks baholash beriladi. Ayniqsa so'ngi yillarda landshaftga yuqori e’tibor berilmoqda.
150
Bu komplekslami tiklanishi va saqianishining zarurligi shakllanadigan landshaft bilan faqatgina bog‘liq bo‘lmasdan, balki yashaydigan aholining shinam ekologik xavfsiz va estetik sharoitlarini ta’minlanishining muhimligi bilan ham bog‘liqdir.Har qanday landshaft - shaharsozlik uchun birlamchi o‘zlash- tirilmagan va tabiiy atrof-muhit bilan shahaming davomlilik ta’- sirining natijasida yuzaga kelgan ikkilamchi ko'rib chiqilishi talab etiladigan, qattiq muhofazaga ega qayta tiklanmaydigan bu tabiiy resurslarni bunda anglash muhimdir.
Qurilish va batafsil joylashtirish loyihalari va chizmalari. Ushbu mikro maydonlar darajasida shahaming bosh loyihasining rivojlanish konsepsiyasida ta’riflangan tabiiy atrof-muhitni ekologik himoyasi bo‘yicha asosiy qoidalar amalga oshiriladi.
Mahalliy va sanitar ekologik sharoitlar hisobi bilan aniq ravish- da shaharsozlikning holati shakllantiriladi. Turar-joy tumanining loyihaviy echimida shaharsozlikning kompleks vositalari quyidagi yo‘nalishlarda joriy etiladi:
tabiiy landshaftning qayta o'zgarishi va saqlanishi;
aholini sanoat va transport ifloslariishidan himoyalanishi;
hududning mikroiqlimini yaxshilanishi;
bino va inshootlaming foydalanishida hamda qurilish ishlari- ning borishida geoxavfsizlikni ta’minlanishi;
turar-joy tumanining sanitar-gigienik holatining me’yoriy darajasi va zarur sifatining ta’minlanishi hamda b.q.
Nazorat uchun savollar
Dostları ilə paylaş: |