1 qari qo‘l uchidan tirsakkacha masofa bo‘lib, 6 tutamga tengdir, 1 tutam esa 4 enlikka, 1 enlik 6 arpa donasining bo‘ylanmasiga tengdir. Bobur davrida ishlatilgan ziro atama o‘lchov birligi 75 santimetrga teng bo‘lib, Sharq mamlakatlarida keng qo‘llanilgan. Ba’zan ziro o‘lchov birligi ishlatilishiga qarab har xil qiymatga ham ega bo‘lgan. Forsiylarning gaziga, turkiylarning esa qarichiga to‘g‘ri kelgan. O‘rtacha qiymati 54,04 santimetr deb qabul qilingan. Hozirgi vaqtda Eronda bir ziro bir gaz bo‘lsa, turkiyda shu kecha kunduzda 65 santimetrga teng. Ta’kidlamoqchi bo‘lganimiz shundaki, o‘quvchilarga ana shu o‘lchov birliklari haqida tushuncha berish kerak. Bu, ayniqsa, adabiyot darslarida muhim o‘ringa ega. Chunki, maktab darsliklaridagi mumtoz adabiyotlardan keltirilgan parchalarda, yuqoridagi misollarni o‘quvchilar tushunmasligi mumkin. Masalan, Navoiy lirikasini o‘qiyotgan o‘quvchi qadam so‘ziga duch keladi. Agar u qadam so‘zi qadimdan ma’lum bir o‘lchov birligi sifatida qo‘llanilganligini bilsa, bayt qiymatini qiynalmasdan tushunadi.
Hamul yerdan o‘n ikki ming qadamdir, Vale har bir qadamda yuz nadamdir. Muqimiy asarlarini o‘rganishda ham o‘quvchi chorak guruchni bilmasa quyidagi bayt ma’nosini tushuna olmaydi. Qirq chorak gurunch olay deyman, Yana to‘yimga yetmagay deyman. Bu kabi misollarni Sakkokiy, Maxmur, Lutfiy, Furqat asarlaridan, hatto Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Sharof Rashidov, Nazir Safarov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Mirmuhsin kabi zamondosh adiblar asarlarida ham uchratish mumkin. Shu ma’noda ba’zi bir Sharq mamlakatlarida ishlatilgan o‘lchov birliklarini keltirib o‘tmoqchimiz:
1 Marhala 25-30 kilometrga teng. 1 Sotix — maydon o‘lchovi bo‘lib, 10 x 10=100 metr kvadratga teng. 1 Botmon — 78 pudga yoki 128 kg.ga teng. 1 Qarich — bosh barmoq bilan jimjiloqning barmoq yoyilmasiga teng, ya’ni 19-20 santimetrga teng. 1 Enlik — bir barmoq eniga teng (18-20 mm) yoki 1 enlik-6 ta arpa donasining bo‘ylanmasiga teng. 1 Farsax (farsang) — masofa o‘lchov birligi — 6 km.ga teng, 1 yig‘och — masofa o‘lchov birligi — 5985 metr, ba’zi joylarda 8-9 km.ga teng 1 tanob — maydon o‘lchovi, turli joylarda turlicha: bir gektarning oltidan biridan to yarim gektarigacha bo‘lgan. 1 Put — 16 kg. 1 Isbat (barmoq) — 2-2,5 santimetr. 1 Qadoq — 409,5 gramm. 1 Chorak — 250 gramm. 1 Tutam — (Markaziy Osiyoda)=9 sm: arqon yoki tayoqni siqib ushlagan qo‘l to‘rtta barmog‘ining kengligiga mos tarzda tanlangan uzunlik birligi. 1 Qadam — 63-71 sm.ga teng uzunlik o‘lchovi. 1 Shair — 1 misqolga teng. 1 misqol-asosan 4,25 gramm, ba’zan 4,50 gramm, 4,64 gramm deb olingan. 1 Quloch — ikki qo‘lning o‘rta barmoq uchlari orasidagi masofaga teng. Monat tarzda tanlangan uzunlik o‘lchovi, 8 qarichga teng. 1 Quloch Buxoroda=142 sm., Farg‘onada 167 sm. 1 Arshin — bir qadamga teng. 1 Qadam (Markaziy Osiyoda) — 63-71 sm. deb olingan. 1 Tosh (farsax) — Sharq mamlakatlarida keng qo‘llanilgan. 9-12 ming qadamga yoki 6-8 chaqirimga to‘g‘ri kelgan masofa. 1 Chaqirim — 1006 metrga teng.