Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Yo-ye vahdat va yo-ye nakare qanday yasaladi?



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə100/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Yo-ye vahdat va yo-ye nakare qanday yasaladi?

  • Yo-ye vahdatning qanday yoziladi?

  • Yuzliklar, mingliklarning qanday yasaladi?

  • Murakkab sonlar qanday yoziladi va o’qiladi?.

    35-amaliy mashg’ulot

    TAQVIM. ERON TAQVIMI

    Reja:

    1. Taqvim tarixi.

    2. Milodiy taqvim

    3. Hijriy taqvim

    4. Hijriy shamsiy oy nimlari.

    5. Hijriy qamariy oy nomlari

    6. Hijriy va melodiy yillarining birini ikkinchisiga aylantirish usuli

    Tayanch so‘zlar:

    Taqvim tarixi, milodiy taqvim, hijriy taqvim, hijriy shamsiy oy nimlari, hijriy qamariy oy nomlari, hijriy va melodiy yillarining birini ikkinchisiga aylantirish usuli.



    Taqvim tarixi

    HozirEronda yil hisobi uchun uch xil taqvim qo‘llanilmoqda: هجری سمشی hejri-ye shamsi, هجری قمری hejri-ye qamari, va yevropa taqvimi میلادی milodiy.

    Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, dastlabki yil hisobi misrliklarga taalluqlidir. Mamlakatda yuz berib turadigan qurg‘oqchiliklar misrliklarni qattiq qayg‘uga solgan. Ular Nil daryosining suvini bekorga isrof bo‘lib dengizga oqib ketmasligining chora-tadbirlarini izlaganlar. Nihoyat Misr kohinlari 21 yoki 22 iyun – yoz kechasining eng qisqa kuni sahar paytida koinotda Sirius yorug‘ yulduzining paydo bo‘lishini va buning natijasida Nil daryosining tosha boshlashini aniqlashga muvaffaq bo‘lganlar. Siriusning bu yildan keyingi yilga qadar paydo bo‘ladigan kunlari 365 kun ekanini hisoblab, uni o‘ttiz kundan iborat o‘n ikki bo‘lakka bo‘lganlar, qolgan besh kunini yil oxiriga qo‘shimcha ilova qilganlar. Shunday bo‘lsa ham yulduzning namoyon bo‘lishi har to‘rt yilda bir sutkaga kechikkan. Ular kunlarni yana qayta boshdan hisoblab chiqib bir yil 365 kun, olti soatga teng, degan xulosaga kelganlar. Lekin taqvimni o‘zgartirmay o‘z xolicha qoldirganlar. Bu tuzatishni oradan ancha vaqt o‘tgach (meloddan avval 46-yilda) Rim imperatori Yuliy Tsezar amalga oshirdi. Bunda bir oy o‘ttiz, ikkinchi oy o‘ttiz bir, faqat bir oy – fevral yigirma sakkiz kun qilib olindi. Ana shu qisqa oy – fevralga to‘rt yilda bir marta bir kundan qo‘shiladigan va shu yil kabisa (orttirlgan) yili deb ataladigan bo‘ldi. Bu tuzatish natijasida bir yil 365 kun, olti soat emas, balki 365 kun besh soat, qirq sakkiz daqiqa, o‘n to‘rt soniyadan iborat bo‘lib, bu farq to‘rt yuz yilda uch kecha kunduzni tashkil qiladi va taqvimni orqada qolishiga sabab bo‘ladi.

    1582 yili Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan taqvimga yana yangi tuzatish kiritildi. Evropa mamlakatlari asta-sekin shu taqvimga o‘ta boshladilar. Faqat Rossiyagina Yuliy taqvimidan istifoda etishda davom etdi. 1918 yilga kelganda Yuliy va Grigoriy taqvimi orasidagi farq o‘n uch kunga etgan edi. Maslahat bilan ana shu o‘n uch kun tashlab yuboriladigan bo‘ldi va 1918 yilning o‘ttiz birinchi yanvaridan keyin bira to‘la 14 fevralga o‘tishga qaror qilindi. Qarangki, yangi taqvim ham unchalik aniq emas ekan. Daqiqa va soniyalar yig‘ilib uch ming uch yuzinchi yildan keyin bir sutkaga etar ekan. Hozirda olimlarimiz yanada aniqroq va mukammalroq taqvim yaratish yo‘lida izlanyaptilar. Biz hozirda foydalanayotganimiz taqvim ana shu tariqa yuzaga kelgan.



    MELODIY YILI

    Melodiy yil hisobining boshlanishi Iso payg‘ambarning tavalludi bilan bog‘liq. Shu sabab isaviya, xristianlik yil hisobi deb yuritiladi. Xristianlik tarqala boshlagan ilk davrda bir qancha yil hisoblari mavjud edi va ulardagi har xillik tufayli turli noqulayliklar tug‘ilgan. Buni bartaraf etish uchun yangi yil hisobi tuzishga ehtiyoj sezildi. Manbalarda keltirilishicha VI asrda Rim monaxi Dionskiy hech bir dalil-hujjatsiz Iso payg‘ambarning tavalludini bundan besh yuz yil oldin sodir bo‘lgan deya, e’lon qilgan va shundan yil hisobi yuritishni taklif etgan. XVIII-XIX asrgacha Evropadagi ko‘pgina davlatlar melodiy yil hisobini qabul qilganlar. Rossiya Pyotr I ning farmoni bilan 1700 yil birinchi yanvardan boshlab melodiy yil hisobiga o‘tgan. O‘rta Osiyoda bu ish XIX asrning II yarmidan amalga oshirilgan.

    Melodiy yili planetamizning Quyosh atrofida bir yil aylanish davri 365, 25 kecha-kunduz hisobidan olingan. Ortiqcha 0,25 kecha-kunduz hisobiga esa har to‘rt yilda fevral oyiga bir kun qo‘shib yigirma to‘qqiz kun hisoblangan. O‘sha yili, yuqorida ham aytib o‘tganimizdek, 366 kunga teng bo‘lib kabisa yili deb atalgan.


    Yüklə 1,42 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   201




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin