Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə4/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

2.Eroniy tillari oilasi.

Hozirgi fors tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub bo‘lgan eroniy tillarining janubiy-g‘arbiy guruhiga kiradi. Hozirgi fors tili Eronning davlat va adabiy tili sifatida mamlakatning barcha qismlariga tarqalgan.

Eroniy tillar guruhiga kiradigan tillar Eron, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkazorti sarhadlarida tarqalgan fors, dari, tojik, pushtu, osetin, kurd, tot, baluchi, tolish, gilon, mazondaron, shug‘non, vahon, yazg‘ulom, ishkashim, munjon, omuri, parachi, yag‘nob, lur, baxtiyoriy kabi tirik tillar.Shu bilan birga Eroniy tillar guruhiga avesto, qadimgi fors, midiya, elan, o‘rta fors tili (pahlaviy), parfiya, sug‘d, xorazm, sak, baqtriya singari o‘lik tillar ham mansubdir.

Eronda keyingi yillarda avesto, qadimgi va o‘rta davr fors tillarini o‘rganishga katta e’tibor bermoqdalar. Bu tillar leksikasi va morfologiyasi asosida ko‘pgina qo‘llanmalar tayyorlangan.

Tillarning ilmiy jihatdan turlarga ajratish uchun uning tarixini hamda tilning o‘zini chuqur o‘rganish zarur.

Fors tili jahonning eng qadimgi yozuvga ega bo‘lgan tillaridan biridir. Bu tilda juda boy va rang-barang adabiyotlar yaratilgan.

Fors tili uzoq asrlar davomida Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Hindiston, Ozarbayjonda ham qisman adabiy va davlat tili sifatida qo‘llanib kelgan.



  1. Yüklə 1,42 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin