Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Alifboning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə9/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Alifboning o’ziga xos xususiyatlari.

Arab yozuvi o’ngdan chapga qarab yoziladi va o’qiladi. Bu yozuvda bosh va kichik harflar yo’q. Bosma va yazma harflar orasida farq yo’q. Odatda bo’g’in satrdan satrga ko’chirilmaydi. Satrga sig’may qilgan so’z va bo’g’inlar matnning ustiga mingashtirib yoziladi.

Arab yozuvida tinih belgilari XX asr boshlarigacha ishlatilmagan. Nuqta,vergul, so’roq, undov talab qilinadigan o’rinlar matn mazmunidan kelib chiqib aniqlanadi. Bu yozuvda abzas ham mavjud emas. Bu yozuv ixchamlikka asoslangan yozuvlardan biridir. Shu sababli yozuvda ayrim so’zlar o’zagida kelgan qo’sh undoshlaning bittasi yozilib ustiga ikkilantiruvchi belgisi qo’yiladi. Bu harakat shu harfni tashdidlantirib, ikkilantirib, o’qilishini ta’minlaydi.

Shuningdek arab yozuvida qisqa unlilar ham harflar bilan emas belgilar bilan yozuladi. Qisqa unlilar 3ta bo’lib(fatha, kasra, zamma),ular talaffuz etiladi, lekin yozilmaydi. Ular harakatlar deb nomlanuvchi belgilar bilan ifodalanadi.

Arab alifbosida yigirma sakkizta harf mavjud. Arablar o’z alifbosini tuzishda (miloddan ikki ming yil ilgari) qadimgi finikiya va oromiy yozuvlaridan yigirma ikkita harfni nomlari bilan olganlar. O’z til xususiyatlaridan kelib chiqib oltita harf qo’shib, alifbodagi harflar sonini yigirmasakkiztaga etkazganlar. Markaziy Osiyo xalqlari ana shu yigirma sakkizta harfni arab alifbosi sifatidaqabul qilganlar.




  1. Yüklə 1,42 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin