Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə10/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Munfasil va muttasil harflar.

Fors alifbosidagi hamma harflar yozuvda bir-birlariga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligi jihatidan ikki guruhga bo‘linadi:

1. O‘zidan oldingi harfga qo‘shilib, keyingisiga qo‘shilmaydigan harflar.

2. O‘zidan oldingi va keyingi harflarga qo‘shilib yoziladigan harflar.

Birinchi guruh harflari yettita bo‘lib, fors grammatikasida حروف منفصله ho‘ruf-e mo‘nfasele (ayrilgan harflar) deb ataladi. Bular quyidagilar: ا alif, د dol, ذ zol, ر re, ز ze, ژ je, و vov.

Bu yetti harfning har biri yozuvda faqat alohida shaklda bo‘ladi:

ا د ذ ر ز ژ و

Ikkinchi guruh harflari 25 ta bo‘lib, fors grammatikasida حروف متصله ho‘ruf-e mo‘ttasele (qo‘shilgan harflar ) deb ataladi.

Ikkinchi guruh harflari o‘zidan oldingi hamda o‘zidan keyingi harflar bilan qo‘shilib yoziladi. Shu sababdan, ikkinchi guruh harflari yozuvda alohida kelishdan tashqari, qo‘shilgan holda va ayin, g‘ayin, hoye havvaz hafrlarining alohida, so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z oxiridagi shakllari bo‘ladi. Bu harflarning alohida shakli hech qanday o‘zgarishsiz, alifboda qanday berilsa, shunday yoziladi.

ب پ ت ث چ ج ح خ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن ه ی

Qo‘shilgan holda yozilganda faqat harfning bosh qismi bilan ulanib ketaveradi. Uch xil shakldagi (so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z oxirida) harflarning ko‘rinishi birmuncha o‘zgarsa ham, har bir harf o‘z asosiy belgisini yo‘qotmaydi.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin