Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


O’zidan keyingi harf bilan ulanmaydigan harflar



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə13/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

O’zidan keyingi harf bilan ulanmaydigan harflar

Alohida shakli

Harf nomi

Talaffuzi

ا

alif

So‘z o‘rtasida va oxirida – O

د

dol

D

ذ

zol

Z – asosan arabcha so‘zlarda uchraydi

ر

re

R

ز

ze

Z

ژ

je

J – arabcha so‘zlarda uchramaydi (sirg’aluvchi)

و

vov

So‘z boshida va unlilar orasida – V, undoshlar orasida va so‘z boshida – U, O‘, O‘U

Nasx yozuvida ba’zi harflar satrda ا د ذ) ), ba’zi harflarning bir qismi satrda qolgan qismi esa satr ostida yoziladi (ر ز ژ و) . Satr chizig‘iga qat’iy rioya qilib yozish nasx yozuviga xosdir.

Nastaliq yozuvida esa barcha harflar satr chizig‘ida yoziladi. Harflarni bir satrda yozish yozuvni chiroyli ko‘rsatish bilan birga harflarni bir-biriga yaqin joylashishiga imkon yaratadi.

Oldingi paytlarda fors yozuvida tinish belgilari qo‘yilmagan, nastaliqda so‘zlar orasi ajratib yozilmagan. Bu arab yozuvini o‘rganuvchilarga qiyinchilik tug‘dirgan. Hozirgi paytda barcha tinish belgilari yozuvda ifodalanayapti. Faqat vergul, nuqtali vergul va so‘roq belgilari teskari holda ifodalanayapti .

A rabcha, ruscha va lotincha harflarning kelib chiqish asosi bittadir. Ular eng qadimgi somiy alifbosidan oldingi tasviriy yozuv asosida yaratilgandir. Arabcha alif ruscha „A“ va grekcha „ a“ alfa qadimgi somoy tasviriy yozuvdagi alp– ho‘kizning boshi tasviridan kelib chiqqan. Alif tasviriy yozuvdagi ho‘kiz shoxlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi vertikal (tik) chiziq asosida, ruscha va lotincha „A“ ga esa ho‘kiz boshi, tumshug‘i va shoxlarini birlashtirib turuvchi cho‘ziq asosida shakllangan. Dol harfi tasviriy yozuvdagi dalt – eshik va re harfi esa ra’sh – bosh (odamning boshi ) tasviri asosida paydo bo‘lgan.

Zol, re, ze harflari esa yuqoridagi harflarga nuqta qo ‘yish asosida yaratilgan

V ov harfi tasviriy yozuvdagi waw – ilgak shakli asosida yasalgan. Qadimda ilgakning ikki aylanali va ayri shakllari mavjud bo‘lgan. Aylanali ilgakdan arab yozuvidagi „vov“, ayri ilgakdan yevropa yozuvidagi „v“ ga asos qilib olingan.



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin