"Q" tovushi fors tilida jarangli, sirg‘aluvchi, chuqur til orqa tovushidir. Eronliklar "Q" tovushini "g‘" tarzida talaffuz qiladilar. Q va G‘ tovushlari bir xil talaffuz etilsa ham, yozuvda ikkita alohida harflar bilan ifodalanadi. Birining o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo‘lmaydi.
Qof q, g‘ayn g‘ harflari har ikki tomondan qo‘shiladigan (muttasil) harflar sirasiga kirib, to‘rt xil ko‘rinishga ega.
Qo‘sh. Hol
alohida
talaffuzi
ﻗ
ق
q
so‘z oxiri.
so‘z o‘rtasi
so‘z bosh.
alohida
talaffuzi
ﻎ
ﻐ
ﻏ
غ
g‘
Har ikki harfning yozilishi ikki qismdan iboratdir. Satrda yoziladigan shakli bir tomoni ochiq aylana sifatida bo‘lib soat harakatiga teskari tomonga qarab yoziladi. So‘z o‘rtasida va oxirida ikki tomondan ulangani uchun uchburchak shaklda bo‘lib, soat harakatiga monand yoziladi. Satrdan pastda yoziladigan qismi esa sal kattaroq yarim aylana shaklda yoziladi.
Qof harfi esa fe harfiga o‘xshash yoziladi. Faqat ikkita nuqtasi bo‘lib, satrdan pastda yoziladigan qismi chuqurroq aylana shaklda bo‘ladi.
Q of harfi qadimgi somiy tasviriy yozuvdagi qof – ignaning ko‘zi belgisi asosida hosil qilingan. Arabcha „fe“ va yevropacha „Ф„ harflari ham shu belgi asosida yaratilgan.