Eronda atamalar tuzishning ko‘pgina usullari mavjud. Keyingi yillarda arab tilidan o‘zlashgan atamalardan voz kechish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Lekin bu qo‘llanmada arab grammatikasi asosida yasalgan an’anaviy terminlar keltirildi. Chunki bu terminlar bugungi kunda Eron maktablarida, chet elliklar uchun ochilgan fors tili kurslarida keng qo‘llaniladi:
مضارع mo‘zore – hozirga zamon
بن مضارع bone mozore – hozirgi zamon fe’l negizi.
ماضی mozi – o‘tgan zamon
بن ماضی bo‘n mozi – o‘tgan zamon fe’l negizi
ماضی مطلق moziyemotlaq–aniqo‘tganzamonfe’l
صرف کردن satfkardan – tuslamoq
مضارع احباری mozore’e axbori – hozirgi-kelasi zamon
مبتداmo`btado – ega
خبر xabar – kesim
ظرف zarf - hol
مضاف mo`zofe - aniqlovchi
اول شخص avval shaxs – burinchi shaxs
دوم شخص do‘vvo‘m shaxs – ikkinchi shaxs
فعل مرکب fe’le mo‘rakkab – qo‘shma fe’l
سوم شخص sevvo‘m shaxs – uchinchi shaxs
اسم مرکب esme mo‘rakkab – qo‘shma so‘z
حالت holat – grammatik kategoriya, kelishik
اسم بسیط esme basit – tub ot
(فاعل، مبتدا)نهاد nehod (fo‘l, mo‘btado) – ega
فعل لازم fe’le lozem –o‘timsiz fe’l
گذاره (خبر) go’zore (xabar) – kesim
فعل متعدی fe’le mo‘ta’adi – o‘timli fe’l
اسم esm – ot
جمله jo‘mle –gap
فعل fe’l – fe’l
مفعول maful – to’ldiruvchi
صفت sefat – sifat
واژه (کلمه) voje (kaleme) – so’z
اضافه ezofe – izofa
پاراگراف porogrof (band) – xatboshi
حرف اضافه harfe ezofe – predloglar
ضمیر zamir – olmosh
اسم صوتesmesuo‘t – undovso’zlar
مصوت (واگه)mosavvat (voge) –unli
صامت (همخوان)somet (hamxon) – undosh
قافیهqofiye – qofiya