Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə79/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Arab raqamlari – o‘nta matematik belgi: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9. Bu raqamlar bilan istalgan katta yoki kichik sonni yozish mumkin. Arab raqamlarining ishlatilishida mashhur o‘zbek matematigi Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Xorazmiyning muhim hissasi bor.

Arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilishguncha yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VI-asrdanboshlab arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo‘llanilgan. Muhammad Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan o‘n raqamdan iborat pozitsion sistemani o‘rganadi, soddalashtiradi, kengaytiradi va birinchi marta arab tilida bayon etadi. Xorazmiy «Arifmetika»si bilan birga bu hind raqamlari arab Sharqiga kirib keladi. Xorazmiyning bu asari arabchadan lotinchaga tarjima qilinib, X-asrda Ispaniyaga, XII-asrda Evropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi va hanuzgacha jahonda mazkur raqamlar arab raqamlari nomi bilan yuritiladi. Arab raqamlarini jahonga tarqatgan Muhammad Xorazmiy ekaniligi haqida Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Hindiston» asarida aytib o‘tgan.

Eski o‘zbek yozuvida hozir arab raqamlari deb atalayotgan (aslida hind raqamlari bo‘lsa ham, ommaga arab raqamlari nomi bilan singib qolgan) raqamlardan foydalanilgan. Bu raqamlarning ba’zi shakllari hamda ko‘plikni ifoda etish tartibi hozirgi yozuvimiz raqamlari va uning tartibidan katta farq qilmaydi.

Agarda sonlar raqamlar bilan ifodalansa, sonlar chapdan o‘ngga qarab yoziladi va o‘qiladi. Raqamlarni yozish jarayonida avval ko‘pliklarni va oxirida birliklarni yozish lozimdir. Masalan:




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin