1.2-jadval. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish yoʻli boʻyicha guruhlanishi16
1-bosqich Rossiya, Bolgariya davlatlari uchun xosdir. Vetnam toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni barqaror sur‘atlarda jalb etgani holda, ushbu bosqichni tark eta boshladi. Bu guruhdagi mamlakatlar xorijiy investitsiyalarni salmoqli, katta hajmda jalb eta olmayaptilar. Shu bilan birga xorijiy investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.
2-bosqich Vengriya, Polsha, Indoneziya, Hindiston davlatlariga xos boʻlib, ular xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishmoqda. Xorijiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot tarkibi oʻzgartirilmoqda
3-bosqichni Braziliya, Xitoy, Meksika davlatlari oʻzlashtirgan. Ushbu mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni eksport qila boshladilar. Rossiyada MDH mamlakatlariiing kapital bozorlariga kirib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
4-bosqich rivojlangan mamlakatlarga xosdir: Frantsiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, AQSh.
5-bosqichni Kanada oʻzlashtirgan
Iqtisodiy oʻsish yoʻllari nazariyasi toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan oqilona boshqarilganda iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanishi mumkinligini koʻrsatadi.
Shu bilan birga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta‘sir oʻtkazishi ham mumkin: