Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/15
tarix23.10.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#65952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ayollar yubkasida bel qismiga ishlov berish.




  • 1-Model tasnifi
    Ushbu ayollar klassik uslubidagi yubkasi baxor yoz mavsumlariga moʻljallangan boʻlib, kostyumbop gazlamadan tikilgan,medi uzunlikda bulib nim yopishgan seluitli beli belbog'li.
    Yubka old boʻlagi yahlit tugri bichimli markaziy vitochkalari mavjud.
    Ort boʻlak oʻrta chokli chok yuqori qirqimi molniya taqilmali bulib chok davomida shlitsa mavjud.
    Ushbu ayollar yubkasi 38.48.160 razmerdan 42.50.170 razmergacha bulgan ayyollar uchun tavsiya qilinadi.


    2-Model tasnifi
    Ushbu ayollar klassik uslubdagi yubkasi kuz mavsumiga moʻljallangan boʻlib kostyumbop gazlamadan tikilgan, uzunligi medi uzunlikda boʻlib bichimi yopishgan. Selueti beli belbogʻli.
    Yubka old boʻlagi nim yopishgan, etak qismi 15 sm pleserofkali (taxlamali).
    Ort boʻlak nim yopishgan markaziy vitochkalari mavjud. Etak qismi 15 sms pleserofkali.
    Bezaklari: yubka etak qismi maxsus taxlamali.
    Ushbu ayollar yubkasi 42.45.160 razmerdan 48.50.170 razmergacha boʻlgan ayollar uchun tavsiya qilinadi.

    3-Model tasnifi
    Ushbu ayollar yubkasi baxor mavsumiga moʻljallangan boʻlib, kostyumbop gazlamadan tikilgan. Yubka medi uzunlikda boʻlib nim yopishgan selueti beli belbogʻli.
    Yubka old boʻlagi yaxlit bichilgan. Old boʻlak yuqori qismida bezak taxlamalari mavjud. Taxlamalar yubka yon qirqimigacha davom etgan. Yubka old qismi shlitsali.
    Yubka ort boʻlagi yopishgan yuqori qismida markaziy vitochkalari mavjud.
    Bezaklari: kiyim old boʻlagi pleserofkali.
    Ushbu ayollar yubkasi oʻrta yoshli 44.45.165, 46.52.170 razmerdagi ayollarga tavsiya etiladi


    Material tanlash va asoslash
    T.25-modulda berilgan modelga binoan yubka – 3 chokli, ort bo’lagi o’rta chokida joylashgan shlitsali, chap yon qirqimida joylashgan molniyali, yuqori qirqimi avra gazlamadan bichilgan ulama belbog’li, ayollar to’g’ri klassik yubkasi tasvirlangan.
    Avval avra gazlamadan bichilgan bo’laklar, qotirmalardan bichilgan bo’laklar soni va ularning modelga mosligi tekshiriladi.
    Bo’laklardagi vitochka, kertimlar, shlitsa, taqilma chiziqlarni o’ng bo’lakdan chap bo’lakka ko’chirish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin: salqi (nusxalama) qaviq bilan, trafaret usulida, to’g’nog’ichlar, bo’r yordamida 2222 sinf mashinasida ko’chiriladi. Bo’laklarning biriktirib tikiladigan qirqimlari maxsus mashinasida yo’rmalanadi.
    Vitochkalarni tikish uchun asosiy bo’lak belgi bo’ylab o’ngini ichkariga, qaratib bukiladi va bel qirqimidan boshlab tikiladi. Tikilayotgan chok pastga tomon asta-sekin yo’q qilib yuboriladi. Vitochkalar yorib dazmollanadi yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Vitochka uchlaridagi salqi kirishtirib dazmollanadi. Ip gazlamadan tikilgan yubka vitochkasi bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
    Yurish paytida erkin harakat qilishni va kiyimni formasini yaxshi saqlashini ta’minlash uchun yubkani ortqi bo’lagining o’rta chokida, yon choklarida yoki old bo’lagining o’rta choklarida shlitsalar tikiladi. Yubka ort bo’lagining o’rta chokida joylashgan shlitsaga qotirma qo’yib ishlov beriladi. Uni ketma-ket bajarish texnologiyasini biz quyida ko’rsatib o’rtamiz. (VIII-bo’limga qarang)

    Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin