1-rasm. Klassik yubkaning umumiy ko’rinishi. 1-vitochkalarga ishlov berish; 2-ort bo’lagining o’rta chokida joylashgan shlitsaga ishlov berish; 3-yon qirqimigi ishlov berish; 4-molniya taqilmaga ishlov berish.
Yubka yon qirqimlarini o’ngi tomonidan maxsus mashinada yo’rmalanadi. Yubka yon qirqimlari biriktirib tikiladi va yorib dazmollanadi. (VIII-bo’limga qaranD).
Yubkaning «molniya» tasmasini biriktirma chok bilan tikishda, yubka choklari biriktirib tikilgandan va yorib dazmollangandan keyin, tasma bo’lak teskarisidan chok haqi tagiga qo’yiladi va tasma chetidan 4-7 sm. masofada bahyaqator yuritiladi. «Molniya» tasmasining yuqori qirqimlari yubka yuqori chetidan 0,5 sm. pastda tikiladi. Taqilma oxirida «molniya» oxirgi tishlaridan 5 mm masofa kesimga perpendikulyar qilib, bahyaqator yurgiziladi.
«YUBKANI TIKISH TEXNOLOGIYASI, MOLNIYALI TAQILMA VA SHLITSANI ISHLASH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA
Texnologiya asosida faoliyat turlari
Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
Chizma
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
I
II
III
IV
I. Vitochkaga ishlov berish
Vitochka o’rnini belgilash.
Bo’r, qalam, lineyka.
Vitochka o’rni bo’lakni teskari tomonidan uchta chiziq bilan belgilanadi.
1-o’rta chiziq.
2-yon chiziq.
3-vitochka o’rnini belgilaydigan chiziq.
Vitochkani biriktirib ko’klash.
Igna, ip.
Asosiy bo’lakni 1-chiziq bo’ylab bukib, 2-chiziqdan 3-chiziqqacha biriktirib ko’klanadi.
Vitochkani biriktirib tikish.
Universal mashina.
Bo’lak yuqori qirqimidan boshlanadigan vitochkalarni yuqoridan boshlab, chegaralaydigan chiziqqacha biriktirib tikiladi, vitochka uchlarida bahyaqatorni asta-sekin toraytirib, yo’q qilib yuboriladi. Bahyaqator uchlari puxtalanadi yoki ip uchlari tugib qo’yiladi. Bahyaqatorlar soni 10 mm da 4-5 ga teng.