Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari



Yüklə 154 Kb.
səhifə1/9
tarix14.06.2023
ölçüsü154 Kb.
#130274
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-hafta


Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari (ichki mehnat tartibi qoidalari)
(Ushbu yangi tahrirdagi ichki tartib-qoidalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 29-noyabrdagi 506-sonli buyrug‘i 3-ilovasidagi namunaviy ichki tartib-qoidalari asosida ishlab chiqildi)
Mazkur Ichki tartib qoidalari (ichki mehnat tartibi qoidalari) (keyingi oʻrinlarda – Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni va boshqa oliy taʼlimga oid qonun va qonunosti hujjatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan hamda oliy taʼlim muassasasidagi mehnat, oʻquv, ilmiy faoliyat va taʼlim-tarbiya jarayoniga oid boʻlgan munosabatlarni tartibga soluvchi lokal normativ hujjat hisoblanadi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xodim – belgilangan yoshga yetgan hamda oliy taʼlim muassasasi bilan mehnat shartnomasini tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar; mehnat shartnomasi – xodim bilan oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv; professor-oʻqituvchilar – kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan xodimlar; doktorant – oliy taʼlim muassasasiga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs; mustaqil izlanuvchi – oliy taʼlim muassasasiga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs; talaba – mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olish uchun oliy taʼlim muassasasiga belgilangan tartibda qabul qilingan hamda ilm-fan, tarbiyani qabul qiluvchi shaxs.
2. Ushbu Qoidalar Termiz davlat universitetining (keyingi oʻrinlarda – Universitet) ichki mehnat tartibi, oliy taʼlim muassasasi, rahbariyat, xodim, talaba, doktorant, mustaqil izlanuvchilarning burchlari, shuningdek, ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini oʻzgartirish va mehnat shartnomasini bekor qilish, taʼlim va tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi, mehnat va oʻquv intizomi, ish vaqti, dam olish vaqti va undan foydalanish, shu bilan birga ish va oʻqishdagi yutuqlar uchun ragʻbatlantirish, mehnat va oʻquv intizomini buzganlik uchun javobgarlik, oliy taʼlim muassasasi hududi va binolar ichidagi tartib hamda ish beruvchi bilan xodim, doktorant, mustaqil izlanuvchi va talabalar oʻrtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarga oid masalalarni tartibga soladigan asosiy ichki normativ hujjat hisoblanadi.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin