Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari


-bob. Taʼlimni tashkil etish tartibi, mehnat va oʻquv intizomi



Yüklə 154 Kb.
səhifə5/9
tarix14.06.2023
ölçüsü154 Kb.
#130274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-hafta

4-bob. Taʼlimni tashkil etish tartibi, mehnat va oʻquv intizomi
46. Oliy taʼlim muassasasida oʻquv yili, qoida tariqasida,
2-sentyabrdan boshlanadi. Oʻquv mashgʻulotlari oʻquv reja va oʻquv dasturlariga mos ravishda tuzilgan dars jadvallariga asosan olib boriladi.
47. Oʻquv mashgʻulotlari dars jadvali elektron oliy taʼlim muassasasi taʼlim platformasida semestr uchun tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlanadi va semestr boshlanishidan oldin talabalar, professor-oʻqituvchilar, fakultet dekanatlari va boshqa tuzilmalarga yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi topshiriqlari, oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarorlari, Oʻquv-uslubiy boshqarma tavsiyasiga binoan fakultativ mashgʻulotlar alohida jadval asosida oʻquv jarayoniga kiritilishi mumkin.
48. Talabalarga oʻquv yili davomida ikki marotaba umumiy davomiyligi 8-10 haftaga teng boʻlgan taʼtillar beriladi.
49. Oliy taʼlim muassasasida akademik soatning davomiyligi
40 daqiqa deb belgilangan va 80 daqiqadan iborat tanaffussiz qoʻshma dars joriy etiladi. Har bir dars mashgʻulotlari oʻrtasida 10 daqiqa tanaffus beriladi.
50. Oʻqish 2 smenadan iborat tartibda tashkil etilganda, smenalar orasidagi tanaffus 40 daqiqa etib belgilanadi.
51. Oʻquv yili ikki semestrga boʻlinadi, ulardan har biri talabalar oʻzlashtirishi natijalarining yakunlanishi bilan tugallanadi.
52. Oliy taʼlim muassasasi jamoat, tashkiliy va maʼmuriy ishlarni bajarishda koʻmaklashish, talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish uchun fakultet dekanati tomonidan guruh sardorlari ular saylangunga qadar vaqtinchalik vazifasini bajarish uchun tayinlanadi. Guruh sardorlari oʻzining ish faoliyatini oliy taʼlim muassasasi Ustavi, mazkur Qoidalar, oliy taʼlim muassasasining boshqa ichki lokal hujjatlari asosida olib boradi. Guruh sardorlari guruh murabbiyi (tyutori)ning tavsiyasiga koʻra guruhning umumiy yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Birinchi kursda guruh sardorlari fakultet dekani tomonidan vaqtinchalik vazifasini bajarishga tayinlanadi, keyinchalik bir oy ichida guruhning umumiy yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
53. Guruh sardori oʻz arizasiga muvofiq yoki zimmasiga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarmaganligi, guruh sardori obroʻsiga putur yetkazadigan xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun fakultet dekanining taqdimiga koʻra muddatidan oldin vazifasidan ozod etilishi mumkin. Guruh sardorlari quyidagi vazifalarni bajaradi: yigʻilishlarda talabalar nomidan ishtirok etish;
oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yuzasidan fakultet dekanatiga takliflar kiritish; professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari sifati va talabalarning bilimini obyektiv baholash yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalarini fakultet dekanatiga yetkazish; oliy taʼlim muassasasining ilmiy va jamoat ishlarida faol qatnashayotgan talabalarni ragʻbatlantirish yuzasidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oliy taʼlim muassasasi boshlangʻich tashkiloti, oliy taʼlim muassasasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki fakultet dekanatiga takliflar kiritish; ushbu Qoidalarda belgilangan majburiyatlarni bajarmayotgan talabalarga nisbatan chora koʻrish yuzasidan fakultet dekanati, oliy taʼlim muassasasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oliy taʼlim muassasasi boshlangʻich tashkilotiga takliflar kiritish.
54. Oliy taʼlim muassasasi rahbar xodimlari, professor-oʻqituvchilari va boshqa xodimlari, doktorantlari va talabalari mazkur Qoidalar, oliy taʼlim muassasasi Ustavi, oliy taʼlim muassasasining Odob-axloq kodeksi, oliy taʼlim muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), oliy taʼlim muassasasi xodim, talaba, oʻquvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish toʻgʻrisidagi nizom, oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari, lavozim yoʻriqnomasi, tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlar va boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilangan talablarga qatʼiy rioya etishlari shart.
55. Mazkur Qoidalarning 54-bandida koʻrsatilgan talablardan tashqari:
a) xodimlar va talabalar: talaba oʻquv mashgʻulotlariga uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmagan holda bu haqida darhol fakultet dekanini xabardor qilib, asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish; oliy taʼlim muassasasi faoliyat samaradorligiga daxldor boʻlish hamda uning rahbariyati (rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy boʻlinma rahbarlari) haqida maʼlumotga ega boʻlish; uzrli sabablarga koʻra ish (oʻqish)ga kelmagan xodim (talaba) tarkibiy boʻlinma rahbari (fakultet dekani) yoki Kadrlar boʻlimini ogohlantirish hamda ish (oʻqish)ga chiqqan kuni asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish; texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʻindan saqlash qoidalari va meʼyorlariga rioya etish; oliy taʼlim muassasasi rahbariyatining roziligisiz oʻquv binosi va auditoriyalarga turli jihozlarni, begona shaxslarni olib kirmaslik va olib chiqmaslik;
b) doktorant (mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilar):
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari va Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizom qoidalariga qatʼiy rioya qilish; doktorlik dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejasiga ega boʻlish va uni toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarish;
doktorlik dissertatsiyasini muddatida tayyorlash va Ilmiy kengashga himoya uchun taqdim etish; biriktirilgan tarkibiy boʻlinma bilan doimiy aloqada boʻlish, tarkibiy boʻlinmaning faoliyati yoʻnalishi bilan bogʻliq ishlarda ishtirok etish;
uzrli sabablarga koʻra oʻqishga kelmagan doktorant Ilmiy boʻlim va biriktirilgan tarkibiy boʻlinma rahbarini ogohlantirish hamda oʻqishga kelgan kunida asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish; oliy taʼlim muassasasida haftasiga 20 soat boʻlish (xizmat safari hamda ruxsat etilgan xorij safarlarida boʻlish, aloqa xatlariga asosan boshqa tashkilotlarda tadqiqot olib borish bundan mustasno); oliy taʼlim muassasasi va boshqa muassasalarda oʻtkaziladigan anjumanlarda ishtirok etish, shuningdek, boshqa mutasaddi tashkilotlardan kelgan ilmiy tadqiqotlar boʻyicha hujjatlar ijrosini taʼminlash va qonun loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
oliy taʼlim muassasasi rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tegishli tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish; davlat, jamiyat va jamoat manfaatlariga doir harakatlar qilganda, vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlganda, akademik taʼtil olish uchun asoslar vujudga kelganda hamda boshqa uzrli sabablar mavjudligida boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi rahbarni xabardor qilishga majbur.
56. Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
57. Oliy taʼlim muassasasiga xorijdan hamda respublikaning uzoq shahri va viloyatlaridan kelib taʼlim olayotgan talabalar belgilangan mezonlar asosida komissiya xulosasiga koʻra hamda oliy taʼlim muassasasi rektorining tegishli buyrugʻiga asosan Talabalar turar joylariga joylashtiriladi.
58. Talabalar turar joylariga joylashish uchun talaba ariza bilan murojaat qiladi hamda tegishli hujjatlarni ilova qiladi. Mazkur murojaat oʻrnatilgan tartibda oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan hamda belgilangan mezonlar asosida koʻrib chiqiladi.
59. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar, qoida tariqasida, belgilangan tartibda vaqtincha hisobga olinadi.
60. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar Talabalar turar joylari toʻgʻrisidagi nizom, mazkur Qoidalar hamda Talabalar turar joylari xona va jihozlaridan foydalanish boʻyicha lokal hujjat va shartnomalarda belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni bajaradi.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin