Termiz davlat unversiteti Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti kompyuter injinring yo’nalishi 1-kurs 123-guruh talabasi Ismatov Dilshodbekninng Dasturlash fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi



Yüklə 235,18 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü235,18 Kb.
#164516
11 — копия




Termiz davlat unversiteti
Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti
kompyuter injinring yo’nalishi 1-kurs 123-guruh talabasi
Ismatov Dilshodbekninng Dasturlash fanidan
tayyorlagan
Mustaqil ishi.

Termiz-2023
Mavzu:Dasturlash tilllari va alfaviti
Reja:

1. Dasturlash haqida


2.Dasturlash sinflari
3.Dasturlash tarixi haqida


Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o'yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o'tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob'yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: "Vijual Beysik") – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitdir. U BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar taraqqiyot ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET 2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o'xshash.Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o'tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o'qib yurgizdiriladi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Annotatsiya. Ushbu maqolada Pythonda dasturlash tilida dastur yozish qoidalari ko'rib chiqilgan. O`zgaruvchilarni e‟lon qilish operatorlarni qanday qo„llash usullari yoritilgan Kalit so‘zlar. O„zgaruvchilar, izohlar, shart operatori, Shebang maxsus buyrug„i. Аннотация. В данной статье рассматриваются правила написания программ на языке программирования Python. Объясните, как использовать операторы для объявления переменных Ключевые слова. Переменные, комментарии, условный оператор, специальная команда Shebang. Abstract. This article discusses the rules for writing programs in the Python programming language. Explain how to use operators to declare variables Keywords. Variables, comments, conditional operator, Shebang special command. Barcha dasturlash tillarida bo„lgani kabi Python dasturlash tilining ham o„ziga mos alifbosi va dastur yozish qoidalari mavjud. Python dasturlash tilida har bir buyruqlar yangi satrda joylashtiriladi. Masalan: print(2 + 3) print(“Hello”) Python dasturlash tilida bo„sh joy va tabulyatsiya juda katta ahamiyatga ega. Python dasturlash tilida operatorlar blokini tashkil etish bo„sh joy va tabulyatsiya orqali amalga oshiriladi. Noto„g„ri qo„yilgan bo„sh joy yoki tabulyatsiya xatolik keltiradi. Masalan, yuqoridagi kodni o„zgartirib yoziladigan bo„lsa, xatolik ko„rsatadi. print(2 + 3) print(“Hello”) Shuning uchun yangi ko„rsatmalarni satr boshidan yozish maqsadga muofiq bo„ladi. Bu hususiyat Python dasturlash tilini Java, C# kabi boshqa dasturlash tillaridan ajratib turadi. Yana bir e‟tiborli tomoni shundaki, tilning ba‟zi bir operatorlari bir nechta satrlardan iborat bo„lishi mumkin. Masalan:, if shart operatori, if a1 < a2: print(“Hello”) Bu holatda a1 o„zgaruvchisi a2 o„zgaruvchisidan kichik bo„lsa ekranda “Hello” yozuvi hosil bo„ladi. Bu yerda bo„sh joy yoki tabulyatsiya orqali yozilgan print(“Hello”) buyrug„i if operatorining bir qismi sifatida kelmoqda. Python dastulash tilida kodlarni yozishda bo„sh joylarni 4 soniga karrali qilib tashlash maqsadga muofiq bo„ladi. 5 yoki 6 ta bo„sh joylar tashlansa ham dastur xatosiz ishlaydi. Bunday operatorlar ko„p emas, shuning uchun bo„sh joy tashlash borasida qiyinchiliklar bo„lmaydi. Python dasturlash tili C dasturlash oilasidagidek registr tanlaydigan dasturlash tili hisoblanadi, ya‟ni bu dasturlash tilida katta va kichik harflar bilan yozilgan o„zgaruvchilar turli xil o„zgaruvchilar deb qaraladi. Shuning uchun dasturlash tilidagi xizmatchi so„zlar ham registrga bog„liq bo„ladi. Izohlar (kommentariyalar). Python dasturlash tili yozilgan kodlarga qanday vazifa bajarishini izohlar yordamida yoritib borish mumkin. Dastur ishga tushayotgan vaqtda interpretator izohni taniydi va bu dasturni ishlashiga hech qanday noqulaylik tug„dirmaydi. Python dasturlash tili izohlar blokli yoki satrli ko„rinishda bo„ladi. Python dasturlash tilida izohlarni (# – funta) belgisi bilan hosil qilish mumkin. Blokli izohlar qoldirishda funta belgisini satrning boshiga qo„yiladi. # Habarni konsol oynasiga chiqarish print(“Hello World”) Satrli izohlarda esa buyruqlar yozilgan qator oxiriga yoziladi. print(“Hello World”) # Habarni konsol oynasiga chiqarish Shebang mahsus buyruq bo„lib, dasturning birinchi satrida izoh sifatida kiritish uchun ishlatiladi. Shebang (#!) tarzda yoziladi va dastur haqida ma‟lumot beradi. #! Pythondagi birinchi dastur print(“Hello World”) #Habarni konsol oynasiga chiqarish Asosiy funksiyalar Python dasturlash tili bir qatorga kiritiladigan (standart) funksiyalardan iborat. Ulardan ba‟zilari dastur yozishda ko„p marta ishlatiladi, ayniqsa ma‟lumotlarni ekranga chiqarish va ma‟lumotlarni kiritish funksiyalari, lekin ular bilan tanishib chiqamiz. Ma‟lumotlarni chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy funksiyalardan biri “print()” hisoblanadi: print(“Hello Python”) Agarda birdaniga bir nechta ma‟lumotlarni chiqarish kerak bo„lsa, u holda print() funksiyasiga ma‟lumotlarni yoki o„zgaruvchilarni, vergul yoki qo„shish (, yoki +) bilan ajratib yozish mumkin: print(“To‟liq ismim: ” + “Xurshidbek ” + “Musayev”) Yuqorida keltirilgan dasturning qismi ekranda barcha ma‟lumotlarni bir satrda hosil qiladi: To‟liq ismim: Xurshidbek Musayev Ma‟lumotlarni klaviaturadan kiritish ham mumkin. Bu funksiya input() funksiyasi hisoblanadi. Bu funksiyaning ma‟lumotlarni kiritish uchun izoh yozish xususiyatiga ega. name = input(“Ismingizni kiriting: ”) print(“Salom, ” + name) Natija: Ismingizni kiriting: Xurshidbek Salom, Xurshidbek O‘zgaruvchilar, ma’lumotlar turlari O„zgaruvchilar ma‟lum bir qiymatni o„zida saqlaydi. Python dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridagi kabi lotin harfi yoki ostki chiziqcha bilan boshlanadi. O„zgaruvchilar harflardan yoki raqamlardan tashkil topadi. Bundan tashqari o„zgaruvchilarning nomi Python dasturlash tili xizmatchi so„zlari bilan ustma–ust tushmasligi kerak. Kalit so„zlar dasturlash tilida ko„p emas, ularni eslab qolish oson: and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, expect, False, finally, for, from, global, if, import, in, is, lambda, None, nonlocal, not, or, pass, raise, return, True, try, while, with, yield. Masalan: oddiy o„zgaruvchi e‟lon qilish quyidagicha amalga oshiriladi: name = “Temur” Bu yerda Temur qiymatini o„z ichiga oluvchi name nomli o„zgaruvchi aniqlangan. Python dasturlash tilida o„zgaruvchilar ikki xil yo„l bilan nomlanadi: camel case (tuyasimon) va underscore notation (ostki chiziq bilan ajratilgan). Camel case (tuyasimon) da har bir o„zgaruvchini tashkil etuvchi so„zlar katta harflardan boshlanadi. O„zgaruvchining nomi ikki so„zning birikmasidan tashkil topgan bo„lsa, masalan, userName = “Temur” Underscore notation (ostki chiziq bilan ajratilgan) da esa qo„shimcha nomlar ostki chiziq bilan ajratilgan bo„ladi, masalan, user_name = “Temur” Python dasturlash tilida turli xildagi ma‟lumotlar turlari mavjud, butun sonli, haqiqiy sonli, kompleks sonlar satrli kattaliklar, ketma–ketliklar, to„plamlar va hokazolarga bo„linadi. –boolean – mantiqiy tip. Qiymati True yoki False. –int – xotiradan 4 bayt joyni egallaydigan ixtiyoriy butun son. –float – xotiradan 8 bayt joyni egallaydigan ixtiyoriy haqiqiy son. –complex – kompleks son. –str – satrlar. Masalan: “Hello”. Python dasturlash tilining 3.x versiyasidan boshlab satrli kattaliklar Unicode belgilarini o„z ichiga olgan. –bytes – nomanfiy butun son. 0 dan 255 gacha bo„lgan sonlarni o„z ichiga oladi. –list – ro„yhat. –tuple – kortej. –set – ob‟ektlarning tartibsiz to„plami. –frozen_set – set tipi bilan bir xil. Lekin bu o„zgarmas hisoblanadi. –dict – har bir elementi kalit va qiymatga ega bo„lgan to„plam. Python dasturlash tilida o„zgaruvchilar ma‟lumotlar turini o„zlashtiriladigan qiymatlardan kelib chiqqan holda farqlaydi. Satrlarda qo„shtirnoq (“ ”) yoki apostrof („ ‟) lar ichiga yozilgan ma‟lumotlar str tipiga tegishli deb qaraladi. Agarda o„zgaruvchining qiymati butun son bo„lsa, Python dasturlash tili avtomatik tarzda o„zgaruvchi int tipida e‟lon qilingan hisoblanadi. Agar o„zgaruvchining qiymati haqiqiy songa tegishli bo„lsa, o„zgaruvchi float tipida e‟lon qilingan deb qaraladi. x = 3.9e3 print(x) # 3900.0 x = 3.9e-3 print(x) # 0.0039 Haqiqiy son ko„pi bilan 18 ta raqamdan tashkil topishi mumkin. Agarda raqamlar soni 18 ta raqamdan ko„p bo„lsa, yuqorida ko„rsatilganidek yozish maqsadga muvofiq bo„ladi. Shuning bilan birga bitta dastur yaratilayotgan vaqtda o„zgaruvchilarga bir nechta turdagi qiymatlarni birin–ketin berish mumkin: user_id = “12 Temur smith 438” print(user_id) user_id = 234print(user_id) type() funksiyasi orqali o„zgaruvchilar qaysi tipga tegishli ekanligini bilish mumkin: user_id = “12 Temur smith 438” print(user_id) # user_id = 234 print(user_id) # Arifmetik amallar .Python dasturlash tili barcha arifmetik amallar bilan ishlay oladi. (+) Ikki sonni qo„shish: print(6 + 2) # 8 (–) Ikki sonni ayrish: print(6 - 2) # 4 (*) Ikki sonni ko„paytirish: print(6 * 2) #12 (/) Ikki sonni bo„lish: print(6 / 2) # 3 (//) Ikki sonni bo„lgandan hosil bo„ladigan sonning butun qismi: print(7 // 2) # 3 (**) Darajaga ko„tarish: print(6 ** 2) # 36 (%) Ikki sonni bo„lgandan hosil bo„lgan qoldiq qismi: print(7 % 2) # 1 Arifmetik amallarni ketma–ket qo„llanilganda ustunlik darajasiga qarab ishlatiladi. Ustunlik darajalari quyidagi ro„yhatda keltirilgan. 1. ** Chapdan o„ngga tomon 2. *, /, //, % Chapdan o„ngga tomon 3. +, - Chapdan o„ngga tomon Masalan: bizda quyidagi amal bajarilmoqda: SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-Snumber = 3 + 4 * 5 ** 2 +7 print(number) # 110 Bu yerda avval darajaga ko„tarish amali bajariladi (5 ** 2), so„ngra ko„paytirish amali (25 * 4), keyin esa chap tomondagi son qo„shiladi (100 + 3) va nihoyat yig„indiga 7 soni qo„shiladi (103 + 7) = 110. Amallar ketma–ketligini o„zgartirish uchun qavslardan foydalaniladi: number = (3 + 4) * (5 ** 2 + 7) print(number) # 224 Bunday ifodada birinchi o„rinda qavsdagi ketma–ketliklar bajariladi, avval birinchi qavsning ichi hisoblanadi, so„ng ikkinchi va oxirida ko„paytirish amallari bajariladi. Eslatib o„tish kerakki, arifmetik amallarni bajarayotganda (int va float) tiplaridan foydalanish mumkin, agarda int tipdagi son float tipidagi songa qo„shilsa, int tipidagi son float tipiga o„giriladi. Qiymat berishli arifmetik amallar Arifmetik amallarni bajarishda o„zgaruvchining qiymatini qandaydir songa ortirish yoki kamaytirish mumkin. Bu turdagi amallarni qiymat berishli arifmetik amallar deb ataladi. Qiymat berishli arifmetik amallar quyidagilar: (+=) Qiymat berishli qo„shish amali; (–=) Qiymat berishli ayirish amali; (*=) Qiymat berishli ko„paytirish amali; (/=) Qiymat berishli bo„lish amali; (//=) Qiymat berishli bo„linmani butun qismini topish amali; (**=) Qiymat berishli darajaga ko„tarish amali; (%=) Qiymat berishli qoldiq topish amali; number = 10 number += 5 print(number) # 15 number -= 3 print(number) # 12 number //= 5 print(number) # 2
Yüklə 235,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin