O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
Magistratura bo‘limi boshlig‘i
_________ F. B. Eshqurbonov
2021- yil ___ __________
TRANSPORT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIK MASHINALAR KAFEDRASI
70712501-Yerusti transport vositalari va tizimlari (avtomobil transporti)
MAGISTRANT: ABDIVOIDOV RUSTAM BAXTIYOR O‘G‘LINING
ILMIY-PEDAGOGIK ISH
K U N D A L I G I
(I, II, III semestr)
TERMIZ – 2022- yil
Magistrantning ilmiy-pedagogik ishi va kundalikni yuritish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan magistratura haqidagi Nizom va DTS talablariga asosan nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan bog‘lash va mustahkamlashda katta e’tibor berish zarurligi takidlangan. Chunki amaliyot magistrantlar bilim saviyasini, ma’naviy barkamolligi va har tomonlama yеtuk mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Bu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik ish (amaliyot) katta ro‘l o‘ynaydi.
Pedagogik ish jarayonida magistrant Texnikum, Akademik litsey va Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar bilan bevosita ilmiy-pedagogik hamkorlik qilish, ularning pedagogik faoliyati va tajribalarini bevosita o‘rganish, umumlashtirish, tahlil qilish, ular rahbarligida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish, shuningdek, dekanat va kafedra ishlarini tashkil etilishiga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanishadi.
Ilmiy-pedagogik ish:
Maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning har xil turlari: ma’ruza, labaratoriya, amaliy va boshqa mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha stajirovka;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘rganish va qo‘llash;
talabalar bilimini baholashda baholik tizimini qo‘llash;
talabalar mustaqil ishini tashkiliy va o‘quv-metodik ta’minlashni o‘rganish;
uslubiy ko‘rsatmalarni tuzish;
ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
ilmiy, o‘quv-metodik va nazariy seminarlar uyushtirish;
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.
Magistrant pedagogik rahbari bilan birgalikda ikki yilga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik ishlari rejasini tuzadi. Mutaxassislik fanini o‘zlashtirishda profеssor-o‘qituvchilardan va ilmiy rahbar yoki yuklamasida ilmiy-pedagogik ishi bo‘lgan mutaxassislardan aniq topshiriqlar oladi. Bu topshiriqlarni bajarilishini magistrant ilmiy-pedagogik ishi kundaligida qayd qilib boradi va imzo qo‘yadi. Semestr oxirida kafedraga hisobot topshiradi. Har bir semestr yakuni bo‘yicha magistrantni ilmiy-pedagogik ishni o‘taganligi to‘g‘risida xulosalarni ilmiy rahbar yoki yuklamasida ilmiy-pedagogik ishi bo‘lgan mutaxassis qayd qiladi (baholaydi). Ilmiy-pedagogik ishi har semestr oxirida hisobot topshirgandan so‘ng yakuniy nazorat tarzida maksimal 5 baho tizimda baholanadi.
Magistrantning ilmiy-pedagogik ishiga rahbar etib: dots F. X Baxromov tayinlandi.
Kafedra mudiri ___________ dots. F. X Baxramov
202____y. “____” _________________
Dostları ilə paylaş: |