Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə31/43
tarix13.08.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#63109
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
2022 O\'ZB tarix ma\'ruza matni

Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o’rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda ham muhim o’rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g’urur-iftixor bag’ishlaydi.
Mustaqillik yillarida bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlod­ning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog’lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
Iste’dodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo’yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumta’lim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg’ulotlarda qobiliyati ko’zga tashlangan o’g’il-qizlar bolalar va o’smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Oliy o’quv yurtlari va o’quv-yig’in mashg’ulotlarida mahoratini oshirmoqda.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999 yil 27 maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Dasturga ko’ra, ayniqsa, qishloq yoshlari o’rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o’tgan bir yildan ko’proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog’lomlashtirish klublari tashkil qilindi.
2000 yil O’zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo’ldi. Saralash musobaqalarida g’olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo’yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo’lib
o’tgan XXVII Olimpiada o’yinlarida qatnashishga muyassar bo’ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo’lga kiritib, 200 mamlakat o’rtasida 41-o’rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O’zbekistonimizni butun jahonga tanitmoqda.
Sportchilarimiz 2016 yili Braziliyada o’tgan Olimpiya o’yinlarida 13 ta, Paralimpiya o’yinlarida 31 ta medalga sazovor bo’lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.
Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir. Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo’yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo’lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo’ldi. Turkiyada bo’lib o’tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida farqli 11 o’rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o’z taxtasida bronza medaliga ega bo’ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o’tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini qo’lga kiritdi.
Milliy kurash. Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Shahrisabzda Amir Temur, Termiz shahrida Hakim at Termiziy xotirasiga bag’ishlab xalqaro turnirlar tashkil etildi. 1992-1998 yillarda Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, Amerika, Rossiya kabi mamlakatlarda bo’lib o’tgan yirik sport anjumanlarida o’zbek kurashi keng namoyish qilindi. Natijada 1998 yil 6 sentyabr kuni Osiyo, Yevropa va Amerikaning 28 davlati vakillari ishtirokida o’tkazilgan ta’sis kongressida Kurash xalqaro assosiasiyasiga (IKA) asos solindi. Davlatimizning bevosita qo’llab-quvvatlashi natijasida kurash xalqaro sport turi sifatida keng e’tirof etildi, “kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to’xta” va “yonbosh” kabi atamalar esa xalqaro sport lug’ati tarkibidan mustahkam o’rin egalladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1999 yil 1 may kuni poytaxtimizda kurash bo’yicha birinchi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimida «Men ishonaman: dunyoga mashhur pahlavonlarning bebaho xizmatlari tufayli xalqimiz ma’naviy turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan kurash bugundan e’tiboran yangi hayotini boshlaydi, yanada yuksaladi, jahon uzra keng tarqalib, turli millatlarga mansub millionlab kishilarning sevimli mashg’ulotiga aylanadi», degan so’zlari o’z isbotini topmoqda. Kurash xalqaro assosiasiyasi bugungi kunda sayyoramizning beshta qit’asidagi 129 ta milliy federasiyani birlashtirgan. Kurash bo’yicha jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar yuksak saviyada tashkil etilayotir. Bu musobaqalarda dunyoning barcha qit’asidan nomdor polvonlar kamtarlik va mardonavorlik bilan ta’zim qilib, gilamga chiqmoqda, davra aylanib, kurash tushmoqda.
2017 yil may oyida Termiz shahrida o’tgan kurash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag’ishlangan XIII xalqaro turnirda Janubiy Koreyadan kelgan polvon Xan Su Kim shunday degan edi: “Kurash falsafasi, mohiyati va uning jozibasi butun dunyoni lol qoldirmoqda. Xalqingizning milliy sport turi Janubiy Koreya yoshlari orasida ham keng ommalashgan. Meni ham kurashning mardlik, halollik, kamtarlik kabi ezgu fazilatlar bilan yo’g’rilgani o’ziga maftun etgan”.
2017 yil 20 sentyabrda Ashxobod shahrida bo’lib o’tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida kurash milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o’yinlari dasturiga rasman kiritildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug’ullanishga jalb etish, jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o’tkazish, Milliy olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federasiyalar va assosiasiyalar bilan birgalikda iste’dodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi ijro apparati, 300 ga yaqin sport ta’lim muassasasi Davlat qo’mitasi tasarrufiga o’tkazildi. Hududiy boshqaruv organlari tarkibida 201 ta tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sport bo’yicha vakillar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bu joylarda sohaga oid davlat siyosati, farmon va qarorlar ijrosini to’la ta’minlash, sportni quyi pog’onalardan rivojlantirishda muhim o’rin tutmoqda.
Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida sohada sifat o’zgarishlari sezildi. 2017 yilning o’tgan davrida mahalliy va xalqaro sport musobaqalarida sportchilarimiz tomonidan 483 ta oltin, 394 ta kumush, 536 ta bronza, jami 1 ming 413 ta medal qo’lga kiritildi. Mamlakatimizda xalqaro miqyosdagi musobaqalar muvaffaqiyatli o’tkazildi. May oyida Toshkentda o’tgan boks bo’yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz o’n vazn toifasidan to’qqiztasida oltin medalga sazovor bo’ldi.
Sohani boshqarishni takomillashtirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi. 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini o’tkazish tizimi joriy etildi.
Besh tashabbus hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida sport obyektlari ishga tushirilib, yoshlar sportga faol jalb etilmoqda. Olimpiya o’yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari g’olibi bo’lgan 204 nafar sportchi tuman va shaharlarga biriktirildi, ayrimlarining sport maktablari ochildi.
Yurtimiz vakillari 2018 yilgi Osiyo o’yinlarida jami 70 ta, jumladan, 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medalini qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o’rinni egalladi.
2019 yilning o’tgan davrida esa xalqaro musobaqalarda jami 442 ta, jumladan, 145 ta oltin, 134 ta kumush va 163 ta bronza medali qo’lga kiritildi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin