Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə30/43
tarix13.08.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#63109
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
2022 O\'ZB tarix ma\'ruza matni

Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. 2007 yil – Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha muassasasi – ISESSO tomonidan Toshkent shahri Tripoli (Liviya), Fes (Marokash), Dakar (Senegal) shaharlari qatorida Islom madaniyatining 2007 yildagi poytaxti deb e’lon qilinishi O’zbekiston, xususan uning poytaxti islom sivilizasiyasi tarixida o’ziga xos o’ringa ega ekanidan yana bir dalolatdir.
Toshkent — azaldan mintaqamiz tarixida muhim o’rin tutgan qadimiy shahardir. U turli davrlarda jahon dinlari tutashgan markaz bo’lib kelgan va islom tamadduni tarixidagi o’rni beqiyosdir.
Hozir O’zbekistonda ikki mingdan ortiq masjid, o’ndan ziyod oliy va o’rta maxsus bilim yurti faoliyat yuritmoqda. Ulardan Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti aynan poytaxtimizda joylashgan. YuNESKOning “Butunjahon ahamiyatiga molik yodgorliklar ro’yxati”ga kiritilgan O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sharq qo’lyozma asarlari fondi hamda “Usmon Qur’oni”ning nodir qo’lyozma nusxasi ham Toshkentda saqlanmoqda.
2007 yil 14-15 avgust – Toshkent va Samarqand shaharlarida Toshkent shahrining 2007 yildagi Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishiga bag’ishlangan “O’zbekistonning islom sivilizasiyasi rivojiga qo’shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazilib, unda 30 dan ortiq davlatlardan kelgan olimlar qatnashdi.
2017 yil 12 oktyabrda “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti (ISESSO) bilan hamkorlik to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur huquqiy hujjat ta’lim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, O’zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targ’ib qilish, respublikaning qadimgi tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha Islom tashkkiloti (ISESSO) doirasida O’zbekistonning ma’naviy aloqalarini kengaytirishni maqsad qiladi. Maqsadlar ijrosi doirasida mamlakatimizda keng ko’lamli ishlar boshlangan. ISESSO 2019 yilni “Islom madaniy merosi yili” deb e’lon qildi.
ISESSOning O’zbekistonda to’liq faoliyat yuritishi uchun keng imkkoniyatlar yaratilgan. Toshkent Islom uuniversiteti qoshidagi ISESSO maxsus kafedrasi o’z ishini samarali olib bormoqda. Mazkur kafedra Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o’tkazilgan 43-sessiyasi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan.
ISESSO bayonotida qayd etilishicha, Islom dunyosi boy madaniy merosga ega bo’lib, bu musulmon mamlakatlarning ochiqligi va ularning boshqa madaniyatlar bilan aloqalarining, shuningdek, olimlar, ijodkorlar, me’morlar va hunarmandlarning samarali mehnati natijasidir. Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulson mamlakatlardagi shaharlardir. Yuqorida ta’kidlanganidek, 2007 yil Toshkent shahri ISESSO ning “Fan, ta’lim va madaniyat” tuzilmasi tomonidan “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingan edi. Tashkilotdagi madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasi tomonidan 2020 yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlangan.
Islom olamidagi nufuzli tashkilotning bu qarorga kelishi bejiz emas va uning o’ziga xos sabaab va asoslari bor. Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo’lib kelgan. Uning “Qubbat ul-Islom” deya e’tirof etilgani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu shaharning “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qiliinishi, asrlar davomida qadim kent va bu yerda tug’ilib kamolga yetgan ulug’ allomalarning Islom sivilizasiyasiga qo’shgan hissasini yana bir bor tasdig’i hisoblanadi.
3. Mustaqillik yillarida madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg’or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro’yobga chiqarish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. 1991 yilda Farg’onada, 1993 yili Xivada Davlat qo’g’irchoq teatrlari ish boshladi. 1994 yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo’g’irchoq guruhlari ochildi. 1993 yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan «Turkiston» saroyi nafaqat ma’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo’ladigan dargohga aylandi.
Respublikada 41 ta professional teatr faoliyat ko’rsatmoqda. 1998 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O’zbekiston tomosha san’atining ko’p asrlik an’analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy­texnika bazasini yanada mustah-kamlash, mamalakatimizda ma’naviy­ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. O’zbekistonda raqs san’atini rivojlantirish maqsadida «O’zbeknavo» gastrol­konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa­raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab­quvvatlash masalalari ko’zda tutildi.
Mustaqillik o’zbek badiiy adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Asarlari zararli, o’zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho’lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori, Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy singari millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar ijodi xolisona o’rganila boshlandi. Ularning asarlari chop etildi, sahna yuzini ko’rdi. Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o’rnini ro’yi­rost ko’rsatish boshlandi.
Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili deb nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, Boqirg’oniy, Imom G’azolliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqshband, Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o’rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi.
Alisher Navoiyning yuksak insoniy g’oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi «Munojot», «Arba’in», «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg’ambarlar va hokimlar haqida») kabi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo’tabar Qur’on va hadislar chop etildi. Iste’dodli olim Hamidulla Karomatovning «Qur’on va o’zbek adabiyoti» nomli kitobi nashr etildi.
Atoqli olim B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E.Vohidov, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek, X.Do’stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g’oyaviy yetuk asarlari tufayli o’zbek milliy istiqlol adabiyoti shakllandi.
Sharq va g’arb me’morchiligi uyg’unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat markazlarida qad ko’tarib, shaharlarimiz husniga husn qo’shmoqda Milliy bank, mehmonxona binolari, bozorlar qurilishi, ko’priklar va yo’llar, sport saroylari hamda madaniyat va istirohat bog’larining bunyod etilishi buning yorqin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, tasviriy san’at, raqs, kino san’atlarida ham an’anaviy va zamonaviy usullari uyg’unlashib yetuk asarlar yaratildi va yaratilmoqda.
Xullas, mustaqillik yillarida fan va madaniyat sohasida hukumatimiz rahbarligida qisqa vaqt mobaynida ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi.
O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi natijasida ma’naviy madaniyatning muhim jabhasi bo’lgan musiqa san’ati ham juda rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozikta’b, san’atsevar va san’at ahliga talabchan o’zbek xalqining musiqasi keng ko’lamli ma’naviyat ko’zgusidir. Sho’rolar davrida asosan mafkuraviy hukmronlik qo’liga aylangan mazkur san’at turi erkinlik yo’liga kirdi. Jamiyat a’zolari milliy qo’shiqchilik san’atidan bahramand bo’la boshladilar. O’zbekiston hukumati xalqimizning milliy qo’shiqchilikka bo’lgan ijtimoiy ehtiyojini e’tiborga olib milliy ruxdagi, xalqning ko’ngliga yaqin musiqa asarlarini yaratishga bo’lgan qiziqishni doimo rag’batlantirdi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq musiqa san’ati bo’yicha qator ko’rik-tanlovlar o’tkazila boshlandi. Xususan, 1992 yil mart oyida Toshkent shaxrida tanbur, sato, qo’shnay, surnay va boshqa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar» deb nomlangan respublika ko’rik tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor qo’g’irchoq teatrlari jamoalarining ko’rik-tanlovi, shuningdek, mashhur san’atkorlar Jo’raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov, Janaq Shomuratovlarning asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar» deb nomlangan ko’rik-tanlovlari o’tkazildi.
Ayni vaqtda 1992 yil may oyida Xorazm viloyatida folklor jamoalarining, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, iyun oyida Qo’qonda o’tkazilgan IX an’anaviy va lapar, yalla ijroiyalarining avgust oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan XI an’anaviy ko’rik tanlovi milliy san’atimiz rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Mamlakatimiz hukumati qo’shiqchilik san’atidan mustaqillikning ma’naviy zaminlarini mustahkamlashda ham unumli foydalanishga e’tiborni kuchaytirdi. Shu maqsadda 1995 yil dekabrda «O’zbekiston-Vatanim manim» mavzuidagi qo’shiqlar ko’rik-tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov barcha viloyat, shahar va tumanlarda juda katta ko’tarinkilik ruhida o’tkazildi va uning natijasida yuzlab yangi, mustaqillik davri qo’shiqlari yaratildi, ko’plab iste’dodli san’atkorlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. «O’zbekiston — Vatanim manim» qo’shiq ko’rik-tanlovining 1996 yil mart oyida bo’lib o’tgan birinchi bosqichida mingdan ortiq san’atkorlar ishtirok etdi, 10 mingdan ortiq yangi musiqiy asarlar yaratildi. Qayd etish lozimki, mazkur tanlov istiqlolni, Vatanni, o’zlikni anglashda muhim qadam bo’ldi. Xalqimizning bunday tadbirga qiziqishi ortiq bo’ldi.
Bularning barchasini e’tiborga olib, 1996 yil avgustda «O’zbekiston — Vatanim manim» qo’shiq bayrami haqida» maxsus farmon qabul qilindi. Farmonda fuqarolar qalbida muqaddas Vatan tuyg’usini tarbiyalovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo’shiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi «O’zbekiston — Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni, deb belgilab qo’yildi. Ayni paytda, xalqimizning qo’shiqchilik san’atiga bo’lgan buyuk qiziqishini e’tiborga olib, Madaniyat ishlari vazirligi xuzurida «O’zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o’tkazish to’g’risida»ga qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ’ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo’lib xizmat qildi. Har ikki yilda Samarqandda “Sharq taronalari” Xalqaro festivalini o’tkazish an’anaa tusini oldi.
O’zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ’ib qqilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg’ularini kamol toptirish, utrli xalqlaar o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasinii xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17-noyabrdagi “O’zbek milliy maqom san’atini yayanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3391-sonli qarori qabul qilindi va Shahrisabz shahrida ham ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumanini o’tkazilishi belgilandi. Bu anjuman birinchi marta 2018 yilning 6-10 seyentyabr kunlarida o’tkazildi.
Ma’lumki, O’zbekistonda jahon sivilizasiyasida aloxida o’ringa ega bo’lgan buyuk moddiy madaniyat yaratildi. Ular xalqaro hamjamiyat tomonidan allaqachon e’tirof etilgan. Biroq, sovet tuzumi davrida O’zbekiston moddiy madaniyatiga katta zarar yetkazildi. Minglab noyob madaniyat durdonalari, osori atiqalari xorijga, asosan, Moskva, Sankt Peterburg muzeylariga tashib ketildi. Milliy o’zlikni anglashda bunday yodgorliklarning ahamiyati katta ekanligini e’tiborga olib, mustamlakachilar iloji boricha ular ijtimoiy-madaniy ahamiyatni kamaytirishga harakat qildilar. Ammo, mustaqillik bunday jirkanch siyosatga barham berdi. Istiqlolningdastlabki davrlaridanoq muzeylar, qo’riqxonalarning o’rni va rolini belgilab berishga alohida ahamiyat berildi. Ma’lumki, hozirda birgina Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo’yicha 81 ta muzey mavjud bo’lib, bular 23 ta o’lkashunoslik, 15 ta tarix, 20 ta memorial, 8 ta adabiy-memorial, 10 ta badiiy, 4 ta tabiiy-ilmiy muzeylardir. Shu bilan birga Samarqandda Davlat muzey-qo’riqxonasi, Buxoroda Davlat muzey qo’riqxonasi, Xivada «Ichan-Qal’a» davlat muzey-qo’riqxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.
1999 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, respublikamizdagi muzeylar fondida 1305786 eksponat saqlanmoqda. Birgina 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilning o’zida barcha muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi. O’zbekiston hukumati xalqimizning milliy o’zligini anglash jarayonini yanada jadallashtirishni e’tiborga olib, 1994 yil 23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida»gi qarorlarni e’lon qildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»ga farmoni esa muzeylar ishida tubdan burilish yasadi. Unga binoan barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, qo’llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsaddda Madaniyat ishlari vazirligi qoshida «O’zbekmuzey» jamg’armasi tashkil etildi, o’zbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi. Ko’rilgan barcha tadbirlar natijasida muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati ancha ortdi, ularning o’zbek xalqi milliy o’zligini anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e’tibor xorijlik fuqarolarning O’zbekistonga, uning boy va qadimiy madaniyatiga bo’ltan qiziqishini oshirdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2008 yil 12 sentyabrda «Muzeylar to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Qonunda «Milliy muzey fondi», «Milliy muzey fondining davlat katalogi», «Muzey», «Muzey ashyosi», «Muzey kolleksiyasi», «Saqlash», «E’lon qilish» kabi tushunchalarga batafsil izoh berilgan.
Mamlakatimizning me’morial yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan.
2001 yildan buyon, "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo’limi hamda bir guruh hunarmandlar va turistik firmalar rahbarlari tashabbusi bilan Buxoro shahrida "Ipak va ziravorlar" an’anaviy festivali tashkil etiladi. Ushbu tadbirga respublikamizning barcha viloyatlaridan turistik tashkilotlar, hunarmandlar, xorijiy va mahalliy sayyohlar qatnashadilar. Festival doirasida ipak va ziravorlar savdosi va palov sayllari, milliy o’yinlar, sport musobaqalari va milliy liboslar namoyishi, hunarmandlarning mahorat namoyishlari va turli madaniy tadbirlar tashkil etilishi ushbu festivalning an’ana darajasiga ko’tarilishini ta’minladi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin